Yoshlar kuni — yangi tashabbuslar va imkoniyatlar maydoni
2026-04-16 17:32:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida yoshlar bilan samimiy muloqot tashkil etilib, ularni qiynayotgan muammolar va takliflar o‘rganildi.
Shuningdek, Ilxom Klichxanov tomonidan Nurafshon shahar hokimi olimpiadasida ishtirok etib g‘olib bo‘lgan, viloyat bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritgan sportchi yoshlarga elektron protektor (sensor) sport jihozlari jamlanmalari sertifikatlari hamda sportning yunon-rum kurashi turi bo‘yicha 7 karra O‘zbekiston chempioni va Osiyo chempioni Aleksandr Nazarovga farmakologik vitaminlar sertifikati topshirildi.
Shuningdek, “Yoshlar kuni” doirasida imkoniyati cheklangan yoshlar tomonidan ishlangan san'at namunalari ko'rgazmasi, shaxmat musobaqalari, tasviriy san’atga qiziquvchi yoshlar o‘rtasida esa rasmlar tanlovi tashkil etildi.
❕Mazkur tadbir yoshlarning muammolarini bevosita rahbarlar bilan muhokama qilish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, sport va ijodiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan yoshlarni munosib rag‘batlantirishga xizmat qildi.





