Nurafshon shahrida aholi muammolarini hal etishga bag'ishlangan sayyor qabul tashkil etildi
2026-01-23 19:50:00 / Yangiliklar
Nurafshon shahridagi "Taraqqiyot", "Oppoq" mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov hamda Respublika ishchi guruhi a’zolari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulning asosiy maqsadi — mahalla aholisi bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarga tezkor yechim topishdir.
Qabul davomida fuqarolar murojaatlari asosan quyidagi masalalar yuzasidan bo‘ldi:
ichimlik suvi,
yoʻl infratuzilmani yaxshilash,
ijtimoiy yordam ko‘rsatish,
transport yo'nalishi,
boshqa dolzarb ijtimoiy masalalar.
Qabulda aholi tomonidan ko‘tarilgan har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularning ayrimiga joyida huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatildi.
Murojaatlarning bir qismi esa nazoratga olinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilot va mutasaddi rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi. Fuqarolarning murojaatlari ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatildi.






