Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati keng targ‘ib etilmoqda
2026-01-23 14:50:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahrida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Shu maqsadda navbatdagi tadbir 57-umumta'lim maktabi binosida "Taraqqiyot" va "Oppoq" MFY aholisi uchun tashkil etildi. Unda Respublika ishchi guruhi vakillari ishtirok etib, hududlarda belgilangan vazifalarning ijrosi, muammolar va ularning yechimlari yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borishdi.
Tadbirga shahar hokimi Ilxom Klichxanov boshchilik qildi. Uchrashuvda strategik maqsadlarni mahallalarda hayotga tatbiq etish, aholi bilan bevosita muloqot asosida aniq natijalarga erishish ustuvor vazifa ekanligi alohida ta’kidlandi.
Zotan, hududdan boshlangan amaliy ishlar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining real hayotdagi ifodasidir.







