NORINDA BOLALAR QUVONCHIGA BAG‘ISHLANGAN BAYRAM
2026-06-01 11:00:00 / Yangiliklar
Norin tumanida 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbiri yuzlab bolajonlarga unutilmas onlarni hadya etdi.

Bolalar oromgohida tashkil etilgan tantanalar quvnoq kuy-qo‘shiqlar, rang-barang chiqishlar va ko‘ngilochar dasturlarga boy bo‘ldi.
Tadbirda qatnashgan tuman hokimligi, xuquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari yosh avlodni bayram bilan qutlab, ularga ezgu tilaklar bildirdilar.
Shodlik va quvonchga yo‘g‘rilgan bayram davomida bolajonlarning samimiy kulgusi, quvnoq kayfiyati va beg‘ubor tabassumlari tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Bu esa mamlakatimizda bolalar baxti va kamoli uchun ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikning yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi.
Norin tumani hokimligi Axborot xizmati









