“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi: ochiq muloqot va amaliy yechimlar
2026-05-14 14:55:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim, bandlik, tadbirkorlik, imtiyozli kreditlar va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, qator taklif va g‘oyalarini bildirishdi.
Shuningdek, tadbirda ayrim yoshlar tomonidan bildirilgan murojaatlar asosida amaliy yordamlar ham ko‘rsatildi. Xususan, tomorqa va dehqonchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan yoshlarga moto-kultivatorlar topshirildi.
Tadbir ochiq va samimiy ruhda o‘tib, yoshlarning fikrini eshitish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda tashabbuslarini rag‘batlantirishga xizmat qildi.
Norin tuman hokimligi Axborot xizmati









