“Yangi Namangan”da yangilanishlar ko‘lami kengaymoqda
2026-05-13 11:50:00 / Yangiliklar
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Norin tumanida bo‘lib, “Yangi Namangan” mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

O‘rganishlar davomida mahallada ijtimoiy ob’yektlar qurilishi, yo‘l va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, hududni zamonaviy shaharsozlik asosida rivojlantirish ishlarining borishi ko‘rib chiqildi.
Viloyat rahbari loyihalarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, aholiga qulay shart-sharoit yaratish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalarni belgilab berdi.
“Yangi Namangan” mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hudud qiyofasini tubdan o‘zgartirib, aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Norin tumani hokimligi Axborot xizmati.









