Aziz yurtdoshlar, tumanimiz mehmonlari! Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari va bevosita rahbarligida barcha sohalarda misli kо‘rilmagan islohotlar amalga oshirilmoqda.
2026-02-25 19:55:00 / Yangiliklar

Prezidentimiz ana shu yangilanish, o’zgarishlar samarador bo’lishining kafolati sifatida mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, buning uchun jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini tubdan yaxshilashni davlat siyosatining eng ustuvor yo’nalishlaridan biri darajasiga ko’tardilar.
Zero, bu islohotlarning samarasi barcha sohalarda qonun talablariga so’zsiz rioya etishga, jinoyatchilik kabi illatning oldini olishga bevosita bog‘liqdir.
Aziz Norin ahli!
O’zbek vatandoshimizmi, chet ellik tadbirkor, sarmoyador bo’ladimi, barcha - barcha, O’zbekistonimizda tinch va osuda, munosib hayot sharoitlari bilan taminlangan, uning hayoti har qanday jinoiy tajovuz va tahdidlardan kafolatli himoyalangan bo’lishi shart.
Qonun ustuvorligini ta’minlamasdan, bu vazifaga erishib bo’lmaydi.
“Yangi O’zbekiston”da huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish ana shunday umummilliy dolzarb vazifaga aylantirildi.
Norin tumanidagi kriminogen vaziyat biznes muhitiga katta tasir ko’rsatadi, uning o’ziga xos, alohida yondashuv talab etadigan xususiyatlari bor.
Tumanimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashning yangi mexanizmlari joriy etilayapti.
Bu ishlarimiz kundalik hayotda ham ko’rinayapti, jinoyatlar uchun jazo muqarrarligini taminlash vazifasi qanchalik muhim bo’lsa, ularni keltirib chiqarayotgan sabab va omillarini bartaraf qilish ham birdek muhimdir.
Shu bois, tumanning har bir ko’chasida, mahallasida, bozorida, istirohat bog‘ida, jamoat joyida xavfsiz muhitni yaratish choralari ko’rilayapti.
Aziz vatandoshlar!
Biz jinoyatchilikni jilovlashdek katta maqsadlarni o’z oldimizga qo’yganmiz.
Prezidentimizning 2026 yil 5-yanvardagi Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi 1- sonli qarorlari asosida jinoyatlarning sabablarini “mahallabay” va “sohabay” muhokama qilish tartibi, mahallalarni kriminogen darajasida toifalash tizimi, “mahalla yettiligi” instituti, “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida huquqbuzarliklarning samarali profilaktikasini amalga oshirish orqali aholida xavfsizlik hissini shakllantirish borasida qator chora -tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Qarorga muvofiq har bir mahallada huquqbuzarlikning erta oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo’yicha yangi mexanizm joriy etildi, viloyat prokurori rahbarligida viloyat va tuman - shahar prokuraturalarida idoralararo muvofiqlashtiruvchi shtab faoliyati yo’lga qo’yildi.
Qaror ijrosi doirasida tumandagi jami 54 ta mahallaning kriminogen vaziyati og‘ir, 4 tasiga mas’ul rahbarlar nomma-nom biriktirilgan. Barcha mahallalarning choraklik manzilli chora-tadbirli yo’l xaritalari ishlab chiqildi.
–mahallalardagi aholi gavjum joy va ko’chalarga 8 ta videokuzatuv kameralari o’rnatildi.
–ko’p qavatli uylarning hovlilariga 3 ta PTZ–kameralari o’rnatildi.
–mahallalarning asosiy kirish–chiqish joylariga 11 ta yuzni va avtoraqam tanib oluvchi kameralar o’rnatildi.
–savdo markazlar va bozorlarga yuzni va avtoraqamlarni tanib oluvchi 1 ta kameralar o’rnatildi.
–maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarining kirish–chiqish joylariga
4 ta PTZ–kameralar o’rnatildi.
–maktablardagi ochiq sport maydonlariga 1 ta PTZ– kameralar o’rnatildi.
–ko’p qavatli uylarning eshiklariga 30 ta domofon komplekslari o’rnatildi.
–ko’p qavatli hamda yakka tartibdagi xonadonlardan
115 tasi texnik qo’riqlovga olindi.
–ko’p qavatli uylarning kirish yo’laklari oldiga 5 ta tashvish tugmalari o’rnatildi.
–savdo va maishiy xizmat ko’rsatish obektlaridan
18 tasi Qo’riqlash xizmatining texnik qo’riqloviga olindi.
–mahallalarda 6 ta “namunaviy xavfsiz ko’cha”lar tashkil etildi.
–mahallalarda 6 ta “namunaviy xavfsiz yo’lak”lar tashkil etildi.
Mahallalarda fuqarolarni ogohlikka chaqiruvchi “Hudud kamera nazoratida!”, “Obekt qo’riqlovda!” hamda “Xonadon qo’riqlovda!” kabi jami 115 dan ortiq stikerlar joylashtirildi, ichki yo’llar va ko’chalar 80 tadan ortiq yoritish vositalari bilan ta’minlandi.
Albatta bu natija beryapti.
Misol uchun, 2025 yilda jinoyat salmog‘i yuqori bo’lganligi uchun “qizil” toifaga kiritilgan Bo’ston, Bo’zo’lmas, Katta O’lmas, Navoiy, Yaydoq mahallalaridagi jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning asl omillarini Jamoat xavfsizligi universiteti mas’ul xodimlari tomonidan ilmiy yondashgan holda ilmiy xulosa va tavsiyalar berildi.
Joriy yilning o’tgan davrida ushbu mahallalarning “mahalla yettiligi” mazkur ilmiy xulosalar va tavsiyalar asosida ish olib bordi.
Shuningdek, mahallalarning barcha ko’chalarining kirish va chiqish qismi, javoat joylariga zamonaviy rusumdagi kuzatuv kameralari o’rnatilib, “Havfsiz shaxar” yagona integratsiyalashgan tizimiga ulandi.
Buning natijasida, 2025 yilda qizil toifaga kiritilgan barcha mahallalar joriy yilning yanvar oyi yakuni bo’yicha kriminagen vaziyati barqaror holda ushlab turildi va jinoyatchilik barvaqt oldi olishga erishildi.
Davlat rahbarining Qaroriga asosan hududlarda kriminogen vaziyat hamda jinoyatchilikni oldini olish bo’yicha kunlik so’rov va o’rganishlarni yo’lga qo’ydik.
Bunda, kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarning jinoyat o’choqlari joyida o’rganilmoqda, misol uchun, tuman mahallalarida 2025 yil sodir etilgan 67 ta oldini olish mumkin bo’lgan jinoyatlar sabablari tahlil qilinib, tegishli prokuror ta’sir choralari qo’llanildi.
E’tibor berishingizni istardim. Bu ishlar bir kunlik yoki bir martalik hisobot uchun qilinayotgan ishlar emas.
Hududlarda sodir etilgan jinoyatlar xususiyatini inobatga olgan holda, 4 - chorak uchun yo’l xaritalarni ham ishlab chiqildi.
Tumanda jinoyatchilikni oldini olish, korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etish bo’yicha kuchaytirilgan ish tartibini joriy etdik.
Bu borada farmoyish qabul qilib, barcha tezkor xodim-lar 54 ta mahallalarga nomma – nom biriktirdik.
Har bir sohaga doir targ‘ibot ishlari bo’yicha uslubiy qo’llanmalar ishlab chiqdik va tarqatdik.
Endilikda, biriktirilgan xodimlarimiz jinoyatlarning omil va sabablarini o’rganishdan tashqari o’sha hududda amaliy tadbirlarni ham o’tkazadi.
Biz endilikda muammoning tub negizigacha yetib borib, “mahalla prokurori” degan yondashuv bilan ishlaymiz.
Endi e’tiboringizni huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish bo’yicha dastlabki bajarilgan ishlar va tahlillarning natijalariga qaratsam.
Birinchi, jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati samaradorligini oshirishda sohaviy nazorat kuchaytirildi.
Joriy yilning yanvar oyi davomida 10 ta o’rganishlar o’tkazilib, 45 nafardan ortiq shaxslarning buzilgan huquqlari tiklandi. Bu ishlar muntazam davom etadi.
Ikkinchi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar ham, aholi ham ko’proq e’tibor berishi lozim bo’lgan hamkorlik kuchaytirilishi kerak bo’lgan bir nechta jinoiy omillarga diqqat qaratmoqchiman.
Shiddat bilan rivojlanayotgan yurtimizda insonlar ko’proq pul topish bilan birga, noqonuniy boylik orttirishning yangi yo’llarini ham o’ylab topmoqdalar.
Keyingi vaqtlarda firibgarlik va o’g‘rilik jinoyati oshayotgani ham bunga yaqqol misol bo’ladi.
Firibgarlik va o’g‘rilik jinoyatlari aksariyat hollarda axborot texnologiyalari va internet ijtimoiy tarmoqlari orqali sodir etilayotganligi tashvishli holdir.
So’nggi vaqtlarda O’zbekiston huquq idoralari ilgari duch kelmagan kiber makondagi jinoyatlar salmog‘i ortishi anchagina tashkiliy choralar ko’rishni taqozo etdi.
Ma’lumot uchun, tumandagi jinoyatlarning 55 foizini axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni tashkil etmoqda.
So’nggi yillarda bu toifadagi jinoyatlar, bir necha baravarga ko’paydi.
Ilgari bunday jinoyatlarga qarshi ishlaydigan tizim bo’lmagan. Shu sababli, aholimizdan firibgarlik qurboni bo’lmaslik uchun, internet ijtimoiy tarmoqlari orqali kelayotgan turli xil feyk xabarlardan ehtiyot bo’lishlarini hamda bank kartalari va hisob raqamlari to’g‘risidagi ma’lumotlarni sir saqlashni so’rab qolamiz.
Aziz tumandoshlar!
Shu o‘rinda, kriminogen vaziyatga ta’sir ko’rsatuvchi jinoyatlarning ayrim turlari borasida ham gapirmoqchiman.
Aytish kerakki, yilning dastlabki 1 oyi davomida, muqaddam sudlanganlar (0-0) va ayollar (0-0), yoshlar (0-0), voyaga yetmaganlar (0-0) jinoyatini kamaytirishga erishilgan.
Xususan, oila va turmushda sodir etilgan huquqbuzarliklarga oilaviy - maishiy muammolar asosiy sabab bo’lganligi aniqlandi.
Shu sababli notinch, ajrim yoqasidagi oilalarning mavjud muammolarini bartaraf etish bo’yicha boshqa idoralar va keng jamoatchilikni jalb qildik.
Natijada, o’tkazilgan o’rganishlarda kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarda 150 nafar ijtimoiy ko’makka muhtoj xotin-qizlar aniqlanib, ularning muammolarini hal qilish bo’yicha 120 ta choralar ko’rildi.
Bulardan tashqari, 20 nafardan ortiq ijtimoiy ximoyaga muhtoj xotin-qizlardan 15 nafari doimiy ishga joylashtirildi, 10 nafari kasbga o’qitildi, 10 nafari esa kasbga yo‘naltirildi
Ushbu jarayondan muqaddam sudlangan va ma’muriy nazoratdagi shaxslar ham chetda qolmadi.
Ularning 10 nafari kasb-hunarga o‘qitildi, 15 nafarining bandligi ta’minlandi, 15 nafarining ijtimoiy muammolari hal etildi.
Yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik masalasiga umummillat ishi deb yondashib, barcha birgalikda jon kuydirishi kerak.
Faqat jinoyat uchun jazoni ta’minlash bilan ovora bo’lib, jinoyatlarning sabab va omillarini ko’zdan qochirsak oqibati yomon bo’ladi.
Shu kabi, voyaga yetmaganlar jinoyatiga favqulodda holat sifatida qaralib, ularga ta’lim va tarbiyani berishda majburiyatlarini bajarmagan ota-ona hamda yashash va o’qish joylaridagi (mahalla yettiligi) mutasaddilarining javobgarligi kuchaytirildi.
Ta’lim muassasalari va jamoat joylarida mas’ullar profilaktik (davomat, tig‘ va reyd) tadbirlarida uzoq muddatga ketgan 60 nafar bolalar, muntazam dars qoldiruvchi 10 nafar, tarbiyasi og‘ir 10 nafar o‘quvchilar aniqlandi. Ularning aksariyati maktablarga qaytarildi.
Qolaversa, hokimlik va mahalla faollari bilan birgalikda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo’lgan hamda boquvchisini yo‘qotgan bolalarning 12 ta muammosi hal qilindi.
Maktabgacha va maktab ta’lim muassasalarining kirish -chiqish joylariga xavfsizlikni ta’minlovchi 8 ta zamonaviy kameralar o’rnatildi.
Hurmatli fuqarolar!
Korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish choralari ham ko‘rilmoqda.
Zero, sir emas korrupsiya har bir sohaning rivojiga to‘siq bo‘lmoqda.
Shu sababli, korrupsiyaning har qanday ko’rinishiga barham berish yo’lida qat’iy murosasiz kayfiyatni shakllantirish, unga qarshi kurashishda men butun Norin axlidan o‘z hissangizni qo’shishga chaqiraman.
Barcha tashkilotlar bo’yicha tahlillar o’tkazilayapti, mana shu mart oyining o’zida yuqori idoralarga, hukumatga, aholiga xizmat ko’rsatish, idoralarning boshqaruv tartibini yaxshilash bilan bogliq 5 ta takliflar ishlab chiqildi.
Hurmatli fuqarolar!
Juda ko‘p masalalarda ish uslublarimiz o‘zgarishi zarur, buning ustida ishlayapmiz. Prezidentimiz talab qilayotgan, jinoyatlarning oqibatlari emas, ularning sabablarini, huquqbuzaliklarga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf qilishni ustuvor vazifa deb xalq bilan birgalikda harakat qilishimiz kerak.
Buning uchun, har bir mahalla, xonadongacha tushib, huquqbuzarlik omillarini aniqlashga e’tiborimizni kuchaytiramiz, jinoyat sodir etgan va bunga moyilligi bor fuqarolar bilan uchrashuvlar o’tkazib, “fuqarobay” ish tizimini joriy qilamiz.
Huquqbuzarlik va jinoyatga sabab bo‘layotgan oilaviy, ijtimoiy, moddiy va psixologik muammolarni hal qilishga, har bir fuqaroda “jinoyatchilikka qarshi immunitet”ni bolalikdan shakllantirishga alohida e’tibor qaratamiz.
Aziz hamyurtlar!
Jinoyatlarga qarshi kurashda prokuratura organlari, ko’mak va hamkorlikda jinoyatlarning har qanday ko’rinishiga chek qo’yishga kafolat beradi.
Shunday ekan aholi va keng jamoatchilikni jinoyatlarni oldini olishga hamda ularni bartaraf etishga faol hamkorlikka chaqiramiz.
Zero, sodir etilayotgan jinoyatlarni fosh etilishi va oldi olinishida xalqimizdan mas’uliyat, tashabbuskorlik hamda daxldorlik hissi bilan yondoshishni so’rayman.
Shuni yana bir bor alohida qayd etamanki, jinoyatning har qanday ko’rinishiga tezkor ravishda munosabat bildirishga, jinoyatga qo’l urganlarga nisbatan jazoning muqarrar ta’minlanishiga shaxsan kafolat beraman.
Barchamiz jinoyatdan holi yangi O‘zbekiston uchun birlashaylik!!!
E’tiboringiz uchun rahmat!
Norin tuman prokurori A.Turg‘unov
Norin tuman IIB boshlig‘i D.Karimov
