Norin tumanida 2025 yil yakunlari va 2026 yil rejalari muhokama qilindi
2026-02-07 08:25:00 / Yangiliklar
Norin tuman hokimi Jo‘rabek Nurmatov ishtirokida tuman hokimining o‘rinbosari tomonidan 2025 yil davomida amalga oshirilgan ishlar hamda 2026 yilga mo‘ljallangan qurilish va rivojlantirish loyihalari yuzasidan hisobot tinglandi.Hisobotda tuman aholisi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan ishlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Jumladan, 2025 yil davomida aholi uchun yangi uy-joylar, taʼlim muassasalari — maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari, shuningdek, yo‘l-transport, ichimlik suvi va elektr taʼminoti infratuzilmasi obyektlari barpo etilgani qayd etildi.
Shuningdek, 2026 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor loyihalar — ijtimoiy soha obyektlari, tibbiyot va sport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha rejalar taqdim etildi.Qurilish kompleksida sifat, muddat va mablag‘lardan samarali foydalanishga alohida eʼtibor qaratildi.
Norin tuman hokimligi Axborot xizmati









