Jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi
2026-02-02 08:05:00 / Yangiliklar
Norin tumani madaniyat markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi hamda PQ–1 va PQ–2-sonli qarorlarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, viloyat Favqulodda vaziyat boshqarmasi mutasaddilari, tuman hokimi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, masʼul tashkilotlar va mahallalar “yettiligi” vakillari ishtirok etdi.Qarorlar mazmuni tushuntirilib, jinoyatchilikning oldini olish, profilaktika ishlarini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, “Chilonzor tajribasi” asosida tayyorlangan taqdimot orqali hududda ko‘p uchrayotgan jinoyat turlari tahlil qilindi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Norin tuman hokimligi Axborot xizmati









