Norin tumanida “Tashabbusli byudjet” bo‘yicha seminar o‘tkazildi
2026-02-02 20:30:00 / Yangiliklar
2026 yil 28 yanvar kuni Norin tumani hokimligi majlislar zalida tuman hokimi boshchiligida “Tashabbusli byudjet – 2026” dasturi doirasida seminar-taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Seminarda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda byudjet tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida:
▪️ “Tashabbusli byudjet” jarayonlaridagi yangilik va o‘zgarishlar
▪️ Loyihalarni 50/50 sherikchilik asosida moliyalashtirish tartibi
▪️ 1-mavsumga tayyorgarlik masalalari
yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tanafusga tushgan MFYlar haqida axborot taqdim etildi hamda MFY raislari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Seminar ishtirokchilari bildirgan taklif va fikrlar kelgusi jarayonlarda inobatga olinishi ta’kidlandi.




