#муносабат O‘zbekiston – Yaponiya: Strategik sheriklik yangi bosqichi
2025-12-22 18:00:00 / Yangiliklar

Bu tashrif davomida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiya, madaniy va gumanitar hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli muzokaralar o‘tkazildi.
“Markaziy Osiyo + Yaponiya” sammiti
Sammit Tokio shahrida birinchi marotaba davlat rahbarlari darajasida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari bilan birga Yaponiya Bosh vaziri bilan mintaqaviy hamkorlikning tahriri ham muhokama qilindi. Davlatlar o‘rtasida transport infratuzilmasi, iqtisodiy integratsiya, texnologiyalar, “yashil” energetika, inson kapitali va raqamli transformatsiya kabi yo‘nalishlarda qo‘shma istiqbolli choralar belgilandi.
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan muhim tashabbuslardan biri — “Markaziy Osiyo — Yaponiya 2040” hamkorlik strategiyasi, sammitlarni har ikki yilda bir marta o‘tkazish, va mintaqada raqamli hamkorlik platformasi hamda iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishdir.
Bu tashrif va sammit mamlakatimiz uchun nafaqat o‘zaro munosabatlar, balki mintaqaviy barqarorlik, innovatsiya va iqtisodiy rivojlanishni mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar ochdi. O‘zbekiston–Yaponiya strategik sherikligi esa kelajakka yo‘naltirilgan yumshoq kuch va hamkorlikning amaliy namunasiga aylandi.
Malika Tadjibayeva,
Ma’naviyat va ma’rifat markazi Norin tuman bo‘limi rahbari, tuman Kengashi deputati
