Norin tuman hokimi yoshlar bilan ochiq muloqot qildi
2025-12-22 13:25:00 / Yangiliklar
Bugun Norin tuman hokimi Jo‘rabek Nurmatov tuman Yoshlar markazida o‘ziga biriktirilgan “Bobur” va “Bo‘ston” mahallalari yoshlari bilan uchrashdi.

Ular asosan ishga joylashish, tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida kredit, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun yer maydoni olish kabi masalalarda murojaat qilishdi.
Tuman hokimi murojaatlarni birma-bir tinglab, ular yechimi bo‘yicha shu joyning o‘zida mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Norin tuman hokimligi Axborot xizmati






