Ijro hokimiyatida shtat birligi qisqartiriladi.
2025-10-08 10:30:00 / Yangiliklar
Ijro hokimiyatida 2141 shtat birligi qisqartiriladi.

Prezident farmoni bilan ijro hokimiyatining 2141 shtat birligi qisqartiriladi. Eng ko‘p qisqartirishlar Soliq qo‘mitasi (486), Suv xo‘jaligi vazirligi (224), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (200) va Bandlik vazirligida (163) yuz beradi.
Bundan tashqari, qo‘mita, agentlik va inspeksiyalardagi 16 nafar o‘rinbosar shtati tugatildi.
