Matbuot anjumani, Media tur
2026-11-12 14:30:00 / Matbuot anjumanlari

Nukus şahrida ta’lim sohasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, şuningdek, yangidan barpo etilayotgan, mukammal ta’mirlanayotgan va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanayotgan maktabgaça ta’lim taşkilotlari hamda umumta’lim maktablaridagi infratuzilma yangilanişlari haqida keng jamoatçilikni xabardor qiliş maqsadida matbuot anjumani va press-tur taşkil etildi.
Ta’kidlaş joizki, yaqinda Nukus şahar Maktabgaça va maktab ta’limi bölimi uçun yangi bino foydalanişga topşirildi. Bugungi kunda sohaning 90 nafardan ortiq xodimi zamonaviy va qulay şaroitlarga ega binoda öz xizmat vazifalarini samarali ado etmoqda.
Matbuot anjumani davomida bölim mutasaddilari 2026-yil davomida amalga oşirilgan işlar yuzasidan batafsil ma’lumot berib, jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarişdi.Şundan söng press-tur iştirokçilari şahrimizdagi yangilangan ta’lim muassasalarida yaratilgan şaroitlarni közdan keçirdi.
Tadbir davomida ommaviy axborot vositalari vakillari bölimning yangi binosida yaratilgan şaroitlar, sohadagi raqamlaştiriş işlari va istiqboldagi rejalar bilan yaqindan tanişdi.








