NUKUSDA 18 NAFAR AYOLGA 20 MILLION SÖMLIK VAUÇERLAR TOPŞIRILDI
2026-11-11 15:30:00 / Yangiliklar

NUKUSDA 18 NAFAR AYOLGA 20 MILLION SÖMLIK VAUÇERLAR TOPŞIRILDI
Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlarning eng asosiy maqsadi-odamlarni bugungi hayotdan rozi qilişdir. Töğrisini aytganda, bugun xotin-qizlarimizga körsatilayotgan bunday e’tibor va berilayotgan keng imkoniyatlar ilgari heç qaysi zamonda bölmagan.
Ana şunday xayrli va manzilli işlarning amaliy ifodasi sifatida, Nukus şahrida «Eng yaxşi ijtimoiy loyihalar» tanlovi ğoliblarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan sammimiy va quvonçli tadbir bölib ötdi.
Tanlovda öz loyihalari bilan ğolib çiqqan hamda «Ayollar daftari» orqali kömakka muhtoj deb topilgan 18 nafar taşabbuskor ayolimizga vauçerlar hamda har biriga 20 million sömlik zamonaviy tikuv maşinalari topşirildi.
Tadbirda Nukus şahar hokimining örinbosari — Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Z.Dauletnazarova iştirok etib, ğoliblarni samimiy tabrikladi. Uşbu tikuv maşinalari ayollarimizning öz oyoğida mustahkam turişi, xonadoniga baraka olib kirişi uçun berilgan katta imkoniyat ekanini ta’kidladi.
Bu uskunalar nafaqat 18 nafar loyiha egasining, balki mahallalardagi yuzlab ayollarning rözğoriga baraka olib kiradi degani.
Loyiha doirasida mahallalardagi 100 dan ortiq xotin-qizlar tikuvçilik kasbini noldan örganib, mahoratli çevar bölib yetişadi.
Tadbirda uskuna va vauçerlarni qölga kiritgan ayollarimiz xursandçiliklarini yaşirormay, öz dil sözlarini bildirişdi: “Ilgari öz işingni boşlaş, bitta tikuv maşinasi oliş uçun yillab pul yiğiş yoki qarzga botiş kerak edi. Bugun esa davlatimizning özi 20 million sömlik zamonaviy tikuv maşinasini qölimizga tutqazyapti. Bunday e’tibor va ğamxörlik ilgari heç bir zamonda bölmagan! Biz endi uyda ötirmaymiz, mahallamizdagi 100 dan ortiq xotin-qizlarga hunar örgatib, hammamiz birgalikda halol rizqimizni topamiz,” — deydi loyiha ğoliblaridan biri S.Turemuratova.
Tadbir yakunida loyiha ğoliblari va Nukus şahar hokimligi örtasida Majburiyat şartnomalari imzolandi.
Berilgan ijtimoiy yordam va davlat grantidan unumli foydalaniş, mahalladagi ayollarni bepul öqitiş va ularni iş bilan ta’minlaş böyiça loyiha egalari zimmasiga yuklatildi. Jarayonlarning haqqoniy va manzilli bajarilişi doimiy nazoratda böladi.
Bir söz bilan aytganda, Nukusda boşlangan uşbu xayrli harakat ayollarimizga bölgan yuksak işonç va ularning farovon kelajagi uçun taşlangan yana bir mustahkam qadam böldi.







