Yoşlar muammolari qançalik tez bartaraf etilmoqda?
2026-11-05 12:00:00 / Yangiliklar

Yoşlar muammolari qançalik tez bartaraf etilmoqda?
Nukus şahar hokimi A.Daniyarov, 10 ga yaqin mutasaddi taşkilotlar rahbarlari hamda mahallalardagi faol yoşlar iştirokida navbatdagi “Hokim va yoşlar” uçraşuvi bölib ötdi.
Oçiq va samimiy muloqot ruhida ötgan uçraşuvda 30 nafardan ortiq yoşlar bevosita iştirok etib, özlarini öylantirayotgan 30 dan ortiq masala va amaliy takliflarni örtaga taşladilar. Murojaatlarning asosiy qismini bandlikni ta’minlaş, tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va ijtimoiy masalalar taşkil etdi.
Savol berildi — yeçim şu yerning özida topildi!
Uçraşuv şunçaki tinglaş yoki qayd etiş uçun emas, balki tezkor natija körsatiş uçun taşkil etilganini amalda isbotladi.
31 ta turli yönalişdagi murojaatlar atrofliça körib çiqilib, işga joylaşiş vaziyati böyiça murojaat qilgan yoşlardan 5 nafariga şu joyning özidayoq munosib iş örinlariga yöllanmalar berildi.
Kredit va tadbirkorlik masalasidagi murojaatlar böyiça bank va tegişli mutasaddilarga aniq topşiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Bularning barçasi Prezidentimizning Qoraqalpoğiston yoşlarini qöllab-quvvatlaş böyiça belgilab bergan ustuvor vazifalari va yuksak e’tiborining yaqqol namunasidir.








