«Men aldanib qoldim...»
2026-10-30 16:45:00 / Yangiliklar

«Men aldanib qoldim...»
(Şahar hokimi qabulidan reportaj)
Avval xabar berganimizdek, bugun Nukus şahri hokimi A.Daniyarov fuqarolarning navbatdagi qabulini ötkazdi (https://t.me/nukus_presssa/5721). Uç soatdan ortiq davom etgan muloqotda şahar rahbari 32 ta murojaatni şaxsan tinglab, har bir masalaning eçimi yuzasidan mas’ullarga aniq körsatmalar berdi. Qabul davomida fuqarolar asosan bandlik, ijtimoiy himoya, kommunal xizmatlar, uy-joy va moddiy yordam masalalarini örtaga taşladilar.
Har bir murojaat ortida bir inson taqdiri, oğir öylar va umid turibdi. Quyida ana şunday yurakni örtaydigan murojaatlardan ayrim lavhalar:
«Uyni qurib bitkazganimizdan söng sudga çaqirişdi...»
— Men «Yölçilar» mahallasidan tugallanmagan uy sotib olgan edim. Uyning avvalgi egasi: «Hujjatingni qonuniylaştirib beraman», degandi. Işonibmiz. Uyni qurib bitkazganimizdan keyin öpkamni operatsiya qildirib, uçinçi farzandimni ham dunyoga keltirdim.Oradan biroz vaqt o‘tib esa, «noqonuniy uy qurgansan» degan vaj bilan meni sudga berishdi. Aldanib qoldim... Endi qayoqqa boraman? — deydi ko‘z yoshlarini yashirolmaydigan Dina Rizboeva.
Tsitata Huquqiy echim: Murojaatchining vajlari tezkorlik bilan o‘rganilib, huquqiy tushuntirish berildi. Ayni paytda mas’ul soha rahbariga uyning hujjatlari qonuniy holatga keltirilgunga qadar uni buzdirmaslik yuzasidan sudga iltimosnoma kiritish bo‘yicha aniq vazifa yuklatildi.
Bu — jөngina emas, insoniy yondashuv!
«Yolg'iz boshim bilan qiz o‘qitmoqdaman...»
— Qizim tibbiyot institutida uchinchi kursda o‘qiydi. Kontrakt pulini to‘lay olmayapmiz. Yolg'iz boshim bilan kun ko‘rib, katta farzandimni ham qiynalib o‘qitganman. Boshpanamiz ham yo‘q... Menga yordam bering, hokim bolam, — deydi ko‘zi yoshlanib 73 yoshli Ziyoda Nag'metova.Şahar hokimi bu masalani ham diqqat bilan tinglab, uni ijobiy hal etiş böyiça tegişli çora-qirlar belgiladi va ijrosini şaxsiy nazoratiga oldi.
Bu ham haqiqiy insonparvarlik körinişi!
Bu kabi murojaatlarning zanjiri uzun. Ularning har birini bitta qoğozga siğdiriş qiyin — buning uçun ming qirq beş betlik maxsus «Murojaatlar» kitobini yoziş kerakdir...
Qordan söng yomğir deganlaridek, insonning hayot yöli ham turfa sinovlardan iborat. Ammo eng muhimi — bugun yurtimizda inson qadrini uluğlaydigan, dardini tinglaydigan va amaliy yordam qölini çözadigan tizim bor. Davlatimizning ğamxörligini his etib yaşaşning özi katta baxt.
Etkazganiga şukur!





