Bizda xuşxabar! 😊
2026-10-27 15:00:00 / Yangiliklar

Bizda xuşxabar! 😊
Köngillar tutaşsin,
Uylar tutaşsin,
Yer va osmondagi oyga tutaşsin,
Tutaşsin Taxiatoş – Nukus – Imorat,
Dunyo degan yaxlitlikdan iborat.
- —Töpbergen Matmuratov
Şoir T. Matmuratovning bu satrlari göyo bugungi hayotimiz közguasidek porlab turibdi. Ha, çinakam ijodkorning asari har qanday zamonda ham öz qadrini yöqotmaydi — bu haqiqiy klassika
Albatta, uluğ şoirimiz ijodiga tölaqonli baho berişga adabiyotşunos emasmiz, ammo bugungi yorqin yangiliklarimiz bilan bölişmaslikning iloji yöq.
Nukus şaxridagi «Tinçlik» MFYda davlat byudjeti mablağlari hisobidan keng kölamli bunyodkorlik işlari başlandi. Xususan, bir neça köçalarga eni 4 metr, umumiy uzunligi 2 kilometrdan ortiq bölgan asfalt yotqizilmoqda.
Quvonarlisi, uşbu obodonlaştiariş röyxatiga bevosita şoir nomi berilgan Tölepbergen Matmuratov köçasi ham kiritilib, bugungi kunda bu yerda zamonaviy asfalt yöllar barpo etilmoqda.
Özligimizni uluğlab, xalqimiz farovonligini ta’minlayotgan «Yangi Özbekiston» siyosatidan çeksiz minnatdormiz. Zero, bu kabi ezgu işlar zamirida çuqur ildiz otgan qadrdonlik va döstlik riştalari mujassam.





