Shahar hokimi A.Daniyarov ikki yil ichida qanday ishlar olib bordi?
2026-10-15 18:00:00 / Yangiliklar

Shahar hokimi A.Daniyarov ikki yil ichida qanday ishlar olib bordi?
Va'dalar bajarildimi?
Nukusliklar davlatimizdan rozi boʻlishida nimalar qilindi?
Faqatgina bir ming yetti yuz xoʻjalikning uy tomlarining shiferlanishi bilan baholaymizlarmi?
Bugun bir koʻrsatuv orqali Nukusdagi oʻzgarishlarni yoʻqqa chiqaraylikmi?
Haqiqatni kim aytadi?
Savolga javob quyida👇👇👇
#Bildirgi
#Tanlov
Men buni bilmayman, bilmaganimni esa Nukus biladi.
Qoraqalpogʻistonning poytaxti Nukus shahri 1932-yilda tashkil etilgan. Poytaxtimizning oltmish yilligi nishonlanishi munosabati bilan yozuvchi Shovdirbay Seyitovning «Erkin Qaraqalpaqstan» gazetasi, 1992-yil 28-noyabrdagi sonida «Muhabbatim, yoshligim, Nukus!» essesi chop etilgan.
Psixologiyadami, filosofiyadami shunday qarashlar bor: chin ixlos bilan oʻylangan oʻylar qogʻozga tushsa, yillar oʻtib moddiy olam boʻlib yaratilar ekan. Oldin bildirib oʻtganimdek, hozircha qandaydir fan olimi emasman. Faqatgina koʻrib-bilganimni, realist kuzatuvchi sifatida kuzatganlarimni va his qilganlarimni keng jamoatchilikka taqdim etuvchi ijodkorman.
Yozuvchi esseda kelajak Nukusni shunday tasvirlagan:«...koʻchalaring yashil daraxtlarga, nurli reklamalarga, koʻp-koʻp qavatli uylarga toʻlib ketsin!»
Essening yozilganiga oʻttiz toʻrt yil boʻldi. Yozuvchining qanotli sözlari doʻstlik va ahillik bilan bugunda amalga oshib, shahrimiz yildan-yilga chiroy ochib, yashil makonlar yaratilib, savlatli koʻp qavatli bino va inshootlar soni koʻpaymoqda.
Ayni shu daqiqalarda ikki yil ichida Nukusimizdagi oʻzgarishlarni, undagi «Inson qadri uchun» yaratilayotgan islohotlarni, mahallalardagi infratuzilmaning yaxshilanishini ma'lumot sifatida aytib oʻtgimiz keladi.
Shahrimizda 537 km uzunlikda ichki yoʻllar va 1400 ta koʻcha bor. Hozirgi berilgan ma'lumot vaqt oʻtib oʻzgarishi mumkin. Chunki Nukus yil sayin kengayib, shaharga yaqin tumanlarning mahallalari shahar hududiga oʻtkazilishi jarayonlari amalga oshirilmoqda. (Ilgari Nukus tumaniga qarashli boʻlgan «Shadli ovul», «Navqan bagʻ», «Qutli makan», «Samanbay» va boshqa MFYlar).
Bizdagi ma'lumotlarga koʻra, 2014-2015-yillar va undan oldingi yillari yiliga uzogʻi bilan 10 km uzunlikda asfalt yoʻllar yotqizilgani katta yutuq boʻlgan.
Koʻpchiligimiz biladigan haqiqatni aytgim, yozgim kelib turibdi. Yaqin yillargacha yomgʻir yogʻgan kunlari, ayniqsa qorning erishi bizga mashaqqatli boʻldi. Tuflimiz loy boʻlmasligi uchun ustidan paket oʻradik. Kuz-qishning kechalarida etikka yopishgan loyni eski pichoq bilan tzalab, yuvib, isitish quvurida suvi tomib poyabzallarimiz talaygina vaqt turgan. Ayniqsa, tashkilot va muassasalar oldida turadigan eski supurgi va suv toʻla temir idish. Unda biz oyoqlarimizni tozalab ichkariga kirganmiz. Hozir eslasam kulgim va yigʻlagim keladi. Bu kunlardan ham oʻtdik, shukrimiz koʻp.
Hukumatimiz va Hurmatli Prezidentimizning «Bizning ulugʻ va ezgu maqsadimiz – birgalikdagi fidoyi меҳнатимız bilan Yangi Oʻzbekiston tarkibida Yangi Qoraqalpogʻistonni qurishdir» degan da'vati amalda tasdiqlanib, porloq kelajakka, baxtiyor turmushga qarab odimlamoqdamiz.
Poytaxtimizda ikki yil ichida «Tashabbusli byudjet» asosida 110 km uzunlikda ichki yoʻllarning asfaltlanishiga erishilgan boʻlsa, qator qaror va farmonlarning Nukus shahrida ijro etilishi bilan qoʻshimcha 38 km uzunlikda asfalt yoʻllar yotqizildi. «Gʻone qala» MFYdan oʻtuvchi Oqmangʻit koʻchasiga eni 22 metr, uzunligi 1100 metr asfalt yoʻllar yangilandi. Bu tarixiy voqea, tarixiy jarayon edi. Yoʻlovchilar ayni ushbu koʻcha boʻyida avtomobillarda tirbandlikda turganini yaxshi biladi.
Yodingizda boʻlsa, bir yillari bozorlarda elektr isitgich uskunalarining savdosi juda «qizidi». Xonadonlarda tabiiy gaz bosimining ozligi, pastligining koʻrinishi emasmi? Ya'ni muammo! Xoʻsh, tabiiy gaz masalasiga e'tibor qaratildimi? Ushbu oʻrinda «Navqan bagʻ», «Oq jagʻis», «Qos bulaq», «Jolshilar» va boshqa mahallalarda 1980-1984-yillari qurilgan tabiiy gaz quvurlari 2025-2026-yillari 45,6 km dan ortiq uzunlikdagi quvurlarning yangilanishiga erishildi. Ayni shunday ezgu ishlarning natijasida mahallalarda gaz bosimi koʻtarilib, xalqimiz yil davomida tabiiy gazdan muammosiz foydalanmoqda.
Ilgari havo rayi ozroq bulutlanib tursa, ayniqsa yogʻingarchilik boʻlgan kunlari telefonni «zaryadka»lashga shoshilardik. Yashiradigan yeri yoʻq, favqulodda holatlar uchun har bir uyning muzlatgichida sham saqlanib turar edi. Bugun esa bu voqealar deyarli unutildi hisob.
Nukusda ikki yil davomida elektr tarmoqlarida keng koʻlamli ishlar olib borildi. Yangidan 74 dona transformator qurilib, shundan 183 donasi mukammal ta'mirlandi, 248 km uzunlikda SIP-kabellar tortildi. Yangi qurilishga 38 km uzunlikda SIP-kabellar, 9 dona yangi transformator oʻrnatildi.
Nukusning qap-qorongʻi tunlari va sovuq koʻchalarini... Unutmadingizmi? Boy, oʻziga toʻq oilaninggina uylari oldida tungi yoritgichlar yonib turar, koʻchadagi yoshlar shu yerda suhbatlashib oʻtirar edi... Zulmatli tunlarda talaygina jinoyatlar boʻlgan. «Boboy olib ketadi» degan gaplar quruq gap emasdir... Qap-qorongʻi koʻchadan boshqa neni kutasan?
Xoʻsh, Nukusda tungi yoritishga qanchalik darajada e'tibor qaratilgan? Ikki yil davomida qirq bitta mahallaning ichki koʻchalarining yoʻllari toʻliq tungi yoritgichlar bilan ta'minlanib, qoʻshimcha ravishda 1617 dona quyosh panelli tungi yoritgichlar oʻrnatildi.
Qoʻshnining uyidan suv tashish muammosi hal boʻldimi? Toza ichimlik suvi bilan shahar 99,9 foizga qamrab olindi. Bunda 1980-1996-yillardagi eskirgan ichimlik suvi tarmoqlari ham qamrab olinib, yangilandi. Bugun «burnimiz tagida» ichimlik suvi oqib turibdi. Vedroga suv toʻldirib qoʻyish kerak degan muammolar oʻz yechimini topdi. Hozirgi vaqtda ayrimlarning uyida suv vedroda yoʻqdir.
Sirligi yoʻq, biz piyodalar yoʻli deganda oddiy avtomobillar oʻtadigan yoʻlni tushunganmiz. Yillar oʻtdi, mana piyodalar uchun ham maxsus yoʻl boʻlishini tushunib yetdik. Shahrimizda 41 km uzunlikda piyodalar yoʻli solinib, eng chekka hududlardagi yoʻllarning atroflari ham obodonlashtirildi. Masalan, «Qum ovul», «Tadbirkorlar hududi», «Qutli makan», «Qutli qonıs», «Jolshilar», «Navqan bagʻ», «Jayxun», «Telemarkaz» hududlarida piyodalar uchun beton yoʻllar qurildi.
Oʻtgan yillari ijtimoiy tarmoqlarda xorijiy sayyohlar hamda mahalliy turistlarimiz Nukus shahrining yop-yashil koʻchalarini maqtab, minnatdorchilik bildirgan videolariga guvoh boʻlyapmiz. Ikki yil ichida 4 gektar maydonda «Yashil makon» tashkil etilib, bunda 18 ta mahallada hordiq chiqarish maskanlari qurildi. «Jas áwlad» mahallasi toʻliq raqamlashtirish tizimiga biriktirilib, obodonlashtirish ishlari yakunlandi. «Zarbdor» tajribasi asosida «Oʻrnek», «Gʻarezsizlik», «Xalqlar doʻstligi», «Chimboy choyxona» MFY hududlari qamrab olinib, bunda amaliy ishlar davom etmoqda.
Ayniqsa, achchiq haqiqat, biz muammoni yashirmoqchi boʻlgan oʻrinlardan biri Nukus dehqon bozori edi. Xalqimizning yogʻingarchilik kunlarda emin-erkin xarid qilishi uchun imkoniyat yoʻq edi. Bugun bari boshqacha! Hatto biz bunday bozorni koʻz oldimizga ham keltirmaganmiz.
Bugungi keltirilgan ma'lumotlarni kirish soʻzi sifatidagina yoritgimiz kelib turibdi. Barchasini birma-bir isbotlab yozsa boʻlar edi, lekin shiddatli davrdagi zamonaviy odamlarda keng koʻlamli materialni oʻqishga vaqti yoʻq deb oʻylaymiz. Masalan, maktablar, bolalar bogʻchasi, markaziy koʻchalar boʻyidagi tungi illyuminatsiya chiroqlari, bekatlarning yangilanishlari, 51 ta oilaning har bir uyining ta'miri uchun 60 million soʻm ajratilganini, «Kambagʻallikdan farovonlik sari» dasturi doirasida sakkizta mahallada tomorqa yer maydonlarining suv ta'minoti bilan ta'minlanganini kiritib yozib oʻtrmadik.
...Oraladan oʻttiz toʻrt yil oʻtib, Shovdirbay Seyitovning «...koʻchalaring yashil daraxtlarga, nurli reklamalarga, koʻp-koʻp qavatli uylarga toʻlib ketsin!» degan chin ixlos bilan yozilgan har bir tilagi kelajak pochtasiga yuborilgan xatday! Bugun Nukusning keng, asfaltlangan koʻchalarida, tunda charogʻon etuvchi nurli chiroqlarida, yangidan boʻy choʻzgan savlatli binolarida va har bir mahallaga kirib borgan obodlik, bunyodkorlik ishlari bilan moddiy shaklga aylanib, biz buning guvohi boʻlmoqdamiz. Biz obod manzilda «Yangi Oʻzbekiston» boʻlib yashamoqdamiz.
Barchamizning xabarimiz bor, Prezidentimizning Qoraqalpogʻistonga tashrifi chogʻida, Nukus shahridagi 24/7 koʻchasiga kutilmaganda borgan edi. Koʻchada sayrga chiqqan insonlarning «Muhtaram Prezident» deb oʻz roziliklarini bildirganini ijtimoiy tarmoqlardan kuzatdik. Bugun 41 km piyodalar yoʻlida, 1617 dona quyosh panelli chiroqlar yonib turgan obod mahallalarda, Prezidentimiz bilan 24/7-koʻchasidagi uchrashuvlarda xalqimizning yuzidagi rozilikni koʻrib, qanday qilib ijod qilmaslik mumkin?
Ertangi Nukusning goʻzalligi qanday boʻladi? Men buni bilmayman, lekin yildan-yilga chiroy ochib borayotgan Nukusim buni juda yaxshi biladi!
E.Sagalatdinova









