Muhammad Aliyga Prezident sovg'asi va minnatdorlik maktubi topshirildi
2026-09-26 19:15:00 / Yangiliklar

Muhammad Aliyga Prezident sovg'asi va minnatdorlik maktubi topshirildi
Hurmatli Prezidentimizning Qoraqalpog'istonga tashrifi chog'ida ijtimoiy tarmoqlarda Muhammad Aliy ismli bolakayning samimiy, pok qalbi va Vatanga bo‘lgan mehri bilan Prezidentimiz bilan uchrashishga bo‘lgan niyati, bildirgan fikrlari ko‘pchilikning mehri va e’tiborini tortgan edi.
Bugun Muhammad Aliyga hurmatli Prezidentimiz uning bolalarcha pok qalbi bilan yo‘llagan videomurojaatini ko‘rganini va bundan juda mamnun bo‘lganini aytib, «Sen ham ulg'ayganingda ajdodlarimizga munosib, el-yurtiga foydasi tegadigan inson bo‘lishingni istayman» degan iliq so‘zlar bilan minnatdorchilik xati etib keldi.
Hurmatli Prezidentimizning minnatdorchilik xati va sovg'alari Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesida tantanali ravishda topshirildi.
Unda Jo‘qorg'i Kenges Raisi Amanbay Orыnbaev hurmatli Prezidentimizning samimiy yozilgan minnatdorchiligini o‘qib eshittirdi.
Shuningdek, Muhammad Aliyga alohida Prezident sovg'asi hamda uning ota-onasi, tarbiya olayotgan maktabgacha ta'lim tashkilotiga Prezident sovg'alari topshirildi. Bundan tashqari, bolakayning tarbiyachisi Gulbahar Saparovaga Jo‘qorg'i Kenges Prezidiumi qarori bilan «Vatan fidoyisi» ko‘krak nishoni topshirildi.









