Nukusga muhabbat bering, mehr ko‘rsating
2026-09-10 10:00:00 / Yangiliklar

Nukusga muhabbat bering, mehr ko‘rsating
Odatda biz jamiyatdan va atrofimizdagilardan faqatgina mehribonlik, odamiylik kutamiz. Hammamiz sevikli va sevimli bo‘lib yashashni xohlaymiz. Lekin ko‘pincha o‘zimiz kimgadir mehr berishni unutib qo‘yamiz. Insonlar kabi tabiat ham, ona shahrimiz Nukus ham bizdan mehr kutadi.
Keyingi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim odamlar Nukusda amalga oshirilayotgan ezgu ishlardan faqat kamchilik izlashga berilib ketgandek. Ba'zida bir narsani unutib qo‘yamiz. Shahrimiz geografik joylashuv, baland imoratlar, ko‘p kvartirali turar joylardan iborat makon emas.
Nukus — bizning nafasimiz, uyimiz-ku! Shaharning ko‘rinishi, turmushi unda yashayotgan odamlarning ichki dunyosi va madaniyatining ko‘zgusi hisoblanadi. Shunda ham Nukus o‘zining go‘zal qiyofasi bilan yangilanishlarga yuz tutib, xalqimizga mehrli quchog‘ini ochmoqda.
Hurmatli Prezidentimiz tomonidan yo‘lga qo‘yilgan islohotlar, shahar va qishloqlarimizni obodonlashtirish, inson qadri uchun «Bugun barchamizning baxtli yashashimizga, farovon umr kechirishimizga haqqimiz bor» degan ezgu siyosatning amaliy aksini bugungi kunda har bir hududda, har bir mahallada yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Bugun Nukus shahri hokimi Abat Daniyarov tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlari bilan birgalikda poytaxtimizdagi «Hasratli ona» va «Vatanparvar» madaniy-hordiq maskanlarida bo‘lishdi. Maqsad — oldinda turgan obodonlashtirish ishlari bo‘yicha fikr almashish va maslahatlashish.
Ma'lumot o‘rnida ta'kidlash joizki, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xotirasiga bag‘ishlangan «G‘alaba» monumenti 1967 yilda, «Hasratli ona» monumenti 2001 yilda o‘rnatilgan bo‘lib, 2014 yilda qayta ta'mirlangan edi. 1,5 gektar maydonni egallagan «Vatanparvar» hordiq maskani esa 2021 yilda foydalanishga topshirilgan.
Quvonarlisi, «Tashabbusli büjet»ning 2026 yilgi 2-mavsumida «Sharq» MFY turg‘unlari ushbu hududni obodonlashtirish tanlovida g‘olib bo‘lishdi.
Shahar hokimining bugungi tashrifi ham ana shu bunyodkorlik ishlariga bag‘ishlandi. Maydondagi obodonlashtirish tadbirlarini yuqori me'moriy did bilan amalga oshirish, piyodalar yo‘laklari va «Xotira kitobi»ni zamonaviy ko‘rinishga keltirish bo‘yicha me'mor hamda loyihachilar bilan maslahatlashildi. Uchrashuvda muammoli masalalarni hal etish va sifatli o‘zgarishlar qilish bo‘yicha soha rahbarlariga aniq topsiriqlar berildi.
Yaqin oylar ichida Prezidentimiz tashabbuslari va xalqimizning ahilligi bilan yangilanadigan maydon shahrimiz mehmomlari hamda aholisi uchun zamonaviy va qulay hordiq chiqarish maskaniga aylanadi.
Elmira Sagalatdinova








