Shirin davlatga kerakligini chin yurakdan tushunmoqda
2026-08-28 11:30:00 / Yangiliklar

Shirin davlatga kerakligini chin yurakdan tushunmoqda
Ayni paytda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Nukus shahridagi Xalq qabulxonasida shahar hokimining o‘rinbosarlari ishtirokida fuqarolarning murojaatlari tinglanmoqda.
Shirin Abdisattarova shahrimizda ish yurituvchi tadbirkorlik joylarida ko‘p yillardan beri qo‘l uchida ishlab yurdi.
Shirinning oyog‘idan sovuq o‘tib, kunlik ishga yaramay qoldi.
U o‘zining sog‘lig‘ini tiklashda moddiy yordam so‘radi. Ayolning so‘zlariga quloq solib, shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli shifoxonada salomatligini tiklashga amaliy yordamlar berish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Hozirning o‘zida shifoxonaga yuborildi.
Yana shahrimizdagi "Yangi zamon" fuqarosi A.Allambergenova uy tomini shiferlashda yordam so‘radi.
A.Allambergenovaning ahvoli o‘rganilib, unga ham yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi.
Bugungi kunda 25 nafar fuqaroning murojaatlarini eshitish ko‘zda tutilgan.



