Eng ulug‘ va eng aziz bayram munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizga davlat mukofotlari topshirildi
2026-08-26 20:00:00 / Yangiliklar

Eng ulug‘ va eng aziz bayram munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizga davlat mukofotlari topshirildi
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan, mustaqilligimizni yanada mustahkamlash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni Ona-Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda samarali mehnat qilayotgan bir qator vatandoshlarimizni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Amanbay Orinbayev so‘zga chiqib, mustaqilligimizning o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan yig‘ilganlarni tabrikladi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan mukofotlangan yurtdoshlarimizga orden, medallar topshirildi.








