Davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandi
2026-08-27 17:00:00 / Yangiliklar

Davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandi
Prezidentimizning tegishli Farmonlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida turli sohalarda fidokorona mehnat qilayotgan, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandi.
Nukus shahar hokimligida shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali marosimda bir guruh nukusliklar "Mustaqillikning 35 yilligi" esdalik ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirda Nukus shahar hokimi Abat Daniyarov ishtirok etib, mukofotlanganlarni mustaqilligimizning 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi.
Shuningdek, davlatimizning yuksak mukofotlari va esdalik ko‘krak nishonlarini o‘z egalariga topshirdi.
Marosimda so‘zga chiqqan mukofot sohiblari ularga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va bildirilayotgan ishonch uchun Prezidentimizga chuqur minnatdorlik bildirdi.









