«Yangi O‘zbekiston — ijtimoiy davlat» tamoyili amalda
2026-08-24 12:00:00 / Yangiliklar

«Yangi O‘zbekiston — ijtimoiy davlat» tamoyili amalda
Davlatni rivojlantirishning yagona yo‘li — xalq va hukumatning hamjihatligi, bir butun xalq va yagona Vatan bo‘lib oldinga intilishidir. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan barcha islohotlar «Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak» degan xalqchil tamoyillar asosida olib borilmoqda.
Bugun Nukus shahri hokimi A.Daniyarov boshchiligida, shuningdek, shahar prokurori va shahar Ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda Nukus shahridagi barcha mahalla fuqarolar yig'inlaridagi «mahalla ettiligi» bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda «Aholi turmushini yaxshilashga qaratilgan rejalar va belgilangan topshiriqlarning ijrosi» bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning borishi tanqidiy ko‘rib chiqildi va baholandi.
Ushbu muloqot doirasida mahallalar obodonchiligi hamda aholi bandligini ta'minlash masalalari keng muhokama qilindi. Xabaringiz bor, Nukus shahri hududlari va ko‘chalarida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Bu kabi xayrli ishlarni yanada kengaytirish, aholi bandligini ta'minlash borasida oldimizda hali bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar ko‘p.
Bugungi ochiq muloqot va tanqidiy tahlildan ko‘zlangan bosh maqsat — mahallalardagi har bir xonadonga ana shu ijobiy o‘zgarishlarni etkazishdan iborat. Sebebi, xalq va davlat organlari o‘rtasidagi mustahkam ishonch hamda hamjihatlik shahrimizning bundan da rivojlanishiga va aholi roziligiga erishishning bosh kafolati bo‘lib xizmat qiladi.









