Xalq tashabbusi, hamjihatligi natijasida
2026-08-06 12:00:00 / Yangiliklar

Xalq tashabbusi, hamjihatligi natijasida
Xalqimiz davrning ko‘zi, uning oynasini chuqur his etib, mahallasining obodligi o‘z qo‘lida ekanini chuqur anglamoqda.
Masalan, shahrimizda "Tashabbusli byudjet"ning ikki mavsumida 25 ta loyiha g‘olib bo‘ldi.
Yigirma besh loyiha!
Odamlarning beparvoligidanmi, tushuntirish ishlari to‘g‘ri olib borilmaganidanmi yoki mahalla raisining "Tashabbusli byudjet"ga "ortiqcha bosh og‘rig‘i" deb qaraganidanmi, xullas, avvalgi yillari bitta, ikkita hudud g‘olib bo‘lardi.
Bugun, mahalla siyosati, baxtli hayotda yashash nimaligini anglagan xalqimiz 25 ta loyihani yutib oldi.
Xalq hammasini tushunadi, faqat chuqur e’tibor bilan targ‘ib qilinsa barcha ezgu ishlarni qilsa bo‘ladi.
Masalan, shahrimizdagi "Tele markaz" MFYda "Tashabbusli byudjet" asosida ichki yo‘llarni asfaltlashda ikki lot g‘olib bo‘lib, natijada 3 km asfalt yotqizishda boshlang‘ich ishlari bo‘lib o‘tmoqda.







