Yangi O‘zbekistonning erishgan barcha zafarlari va rivojlanish sur’atlarining asosi mustaqilligimizdir
2026-08-04 20:00:00 / Yangiliklar

Yangi O‘zbekistonning erishgan barcha zafarlari va rivojlanish sur’atlarining asosi mustaqilligimizdir. Aynan erkin va mustaqil taraqqiyot yo‘li tufayli yurtimizning so‘zi ham, amaliy ishlari ham jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilmoqda.
Mamlakatimiz mustaqilligiga 35-yil to‘ldi. Bugun Nukus shahri aholisi ushbu qutlug‘ ayyomni mahallalarda ko‘tarinki ruh va o‘zgacha shodiyona bilan kutib olmoqda.
O‘tgan davr mobaynida Qoraqalpog‘iston iqtisodiyoti jadal rivojlandi. Ahil-inoqlik va yagona maqsad yo‘lidagi jipslik evaziga hududlar obod bo‘lib, xalqimiz farovonligi tobora ortib bormoqda.
Yangilangan Konstitutsiyamiz asosida inson qadri va huquqlarini himoya qilishga qaratilgan zamonaviy qonunchilik tizimi yaratildi. Bugun Nukus shahrining har bir mahallasida tinchlik va osoyishtalik qaror topgan. Barpo etilayotgan zamonaviy infratuzilma, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar, shuningdek, xorijiy tajribani ommalashtirish imkoniyatlari har bir fuqaro hayotida o‘z aksini topmoqda.









