"Bir orzumiz, bir dilimiz, Birgina qo‘shig‘imiz el orasida..."
2026-08-03 18:00:00 / Yangiliklar

"Bir orzumiz, bir dilimiz,
Birgina qo‘shig‘imiz el orasida..."
Ezgulik va hamjihatlik manzili - Nukus
Bugun Nukus shahri hokimi A.Daniyarovning shahar muassasa va tashkilotlari rahbarlari hamda mahalla yettiligi bilan o‘tkazgan uchrashuvi ana shunday yuksak ruh va yagona maqsadlar ostida bo‘lib o‘tdi.
Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bu yil mamlakatimiz Mustaqilligining 35-yilligi "Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" degan olijanob g‘oya asosida keng nishonlanmoqda. Xabaringiz bor, shu munosabat bilan yurtimizda e’lon qilingan "Mahallada obodlik va mehr-oqibat oyligi" hamda "Dolzarb 40 kunlik" doirasida Nukus shahrining har bir guzarida xalqimizning faolligi bilan keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Aynan ana shunday ezgu va savobli ishlarni doimiy ravishda kengaytirishga qaratilgan masalalar, mavjud muammo va kamchiliklar shahar hokimi tomonidan atroflicha muhokama qilindi.









