30-iyul mamlakatimizda Xalqlar do‘stligi kuni sifatida nishonlanadi.
2026-07-29 22:00:00 / Yangiliklar

30-iyul mamlakatimizda Xalqlar do‘stligi kuni sifatida nishonlanadi.
Ushbu sana munosabati bilan poytaxtimizda "Do‘stlik festivali" tashkil etildi.
Jamiyatda ahillik, do‘stlik va o‘zaro birlik qaror topgan bo‘lsa, farovonlik, xalq tinchligi va mamlakat ravnaqi hukm suradi. Bugun barchamiz tinch-osoyishta kunlarimiz, to‘kin-sochin rizq-ro‘zimiz uchun shukronalar aytib, do‘st va qardosh, ko‘pmillatli O‘zbekistonda yashayotganimiz baxtimiz ekanini ta’kidlash o‘rinlidir.
Nukus shahrida 12 dan ortiq millat vakillari yashaydi. Ular shahrimiz ijtimoiy hayotida alohida o‘rin tutadi. Ta’lim muassasalarida darslar o‘zbek, qozoq, qoraqalpoq va rus tillarida olib boriladi.
Bayram munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda milliy xalq qo‘shiqlari va san’atkorlarning chiqishlari yig‘ilganlarga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Bunday tadbirlar mamlakatimizda millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat va birdamlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.









