Nukusliklar mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yillik bayramini nishonlamoqda
2026-07-27 18:50:00 / Yangiliklar
Aytib o‘tganimizdek, bugun "Yangi zamon" aholisi o‘z mahallasida "Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak quramiz" degan ulug‘ g‘oya asosida tadbir o‘tkazdi

Nukusliklar mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yillik bayramini nishonlamoqda
Aytib o‘tganimizdek, bugun "Yangi zamon" aholisi o‘z mahallasida "Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak quramiz" degan ulug‘ g‘oya asosida tadbir o‘tkazdi. Unda qishloq aholisi uchun madaniyat xodimlari konsert dasturini taqdim etgan bo‘lsa, shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tadbirda shahar hokimligi mutasaddilari ishtirok etib, yig‘ilganlarni kirib kelayotgan mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi. Shuningdek, bayram kechasida sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.




