Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik ishlari yurtimiz bo‘ylab ko‘tarinki kayfiyat va katta kuch-g‘ayrat bilan davom etmoqda. Shahrimizni yanada ko‘rkamlashtirish, yashil makonlarni kengaytirish va aholiga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida obodonlashtiri
2026-07-23 18:00:00 / Yangiliklar

Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik ishlari yurtimiz bo‘ylab ko‘tarinki kayfiyat va katta kuch-g‘ayrat bilan davom etmoqda. Shahrimizni yanada ko‘rkamlashtirish, yashil makonlarni kengaytirish va aholiga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida obodonlashtirish tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda.
Bugun kechki soat 18:00 da Nukus shahri hokimi A.Daniyarov ishtirokida "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari doirasida shahardagi mahalla faollari va nuroniylar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Kechki salqin va mo‘tadil ob-havo ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
"Dolzarb 40 kunlik" tadbirlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka xolis va tezkor yetkazish maqsadida jarayonga OAV vakillari, jurnalistlar va ijtimoiy tarmoqlardagi faol blogerlar ham keng jalb etildi.
Uchrashuvda shahar hokimi alohida ta’kidladi: "Asosiy maqsadimiz, iltimosimiz - yurtimizda amalga oshirilayotgan xayrli islohotlar va ezgu ishlar ko‘chalardagi chang









