OGOHLANTIRISH
2026-07-13 14:00:00 / Yangiliklar

OGOHLANTIRISH
2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining yuqori darajada o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida Nukus shahrida ayrim ko‘chalarda avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
👉 Cheklov qo‘yiladigan hududlar:
Olmazor ko‘chasi: Ch.Abdirov, Mangulik va Kengash ko‘chalari kesishmalari;
· A380 "G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu" avtomobil yo‘lining 765-766 chaqirimlari oralig‘i.
✓ Vaqt oralig‘i: 14-iyuldan 22-iyul oralig‘ida har kuni soat 05:00 dan 19:00 gacha (avtotransport harakatlanishidan kelib chiqqan holda).
📌 Shu vaqt oralig‘ida qayd etilgan hududlarda 3.1 "Kirish taqiqlanadi" yo‘l belgisi o‘rnatilib, maxsus to‘siqlar bilan harakat to‘liq yopiladi.
Nukus shahri hokimligi Axborot xizmati
