Nukus shahrida Xitoylik investorlar
2026-07-09 15:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik doirasida, Nukus shahri hokimligida, shahar hokimi A.Daniyarovning xitoylik investorlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarda shahar hududida ko‘p qavatli uy-joylar qurish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Nukus shahrida Xitoylik investorlar
O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik doirasida, Nukus shahri hokimligida, shahar hokimi A.Daniyarovning xitoylik investorlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarda shahar hududida ko‘p qavatli uy-joylar qurish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Albatta, Nukus shahri aholisining soni yildan-yilga o‘sib, turar joyga bo‘lgan talablar ham oshib bormoqda. Shu bois, fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan talabidan kelib chiqqan holda, ayni paytda xorijiy investorlarni shahrimizga e’tiborini jalb etish orqali poytaxtni zamonaviy shaharga aylantirish maqsadi ko‘zlangan.








