📌 Nukus shahridagi 12-sonli maktabga yangi qo‘shimcha bino qurilmoqda
2026-07-08 21:00:00 / Yangiliklar
Shahrimizdagi 12-sonli umumta’lim maktabida katta hajmdagi qurilish ishlari olib borilmoqda. Loyiha bo‘yicha 660 o‘quvchiga mo‘ljallangan 4 qavatli zamonaviy qo‘shimcha maktab binosi barpo etilmoqda.

📌 Nukus shahridagi 12-sonli maktabga yangi qo‘shimcha bino qurilmoqda
Shahrimizdagi 12-sonli umumta’lim maktabida katta hajmdagi qurilish ishlari olib borilmoqda. Loyiha bo‘yicha 660 o‘quvchiga mo‘ljallangan 4 qavatli zamonaviy qo‘shimcha maktab binosi barpo etilmoqda.
Yangi binoda keng va yorug‘ sinfxonalar, zamonaviy o‘quv kabinetlari va shinam o‘quv muhiti bo‘ladi. Shu bilan birga, barcha zarur infratuzilma bilan ta’minlanib, o‘quvchilarning bilim olishiga yaxshi imkoniyat yaratiladi.
Qurilish ishlari belgilangan rejaga muvofiq olib borilmoqda.
Kelajagimiz bo‘lgan farzandlarimizning sifatli ta’lim olishi uchun qilingan har bir yangilik - ularning yorug‘ kelajagiga qo‘yilgan muhim qadamdir.






