Yangi sharoit - sifatli ta’limga qadam
2026-07-06 18:00:00 / Yangiliklar

Yangi sharoit - sifatli ta’limga qadam
Nukus shahar 22-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar uchun zamon talabiga mos ta’lim olish va qulay sharoit yaratish maqsadida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.
Amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari natijasida maktab binosi zamon talablariga mos ravishda yangilanib, o‘quvchilarga yanada qulay, xavfsiz va shinam sharoitlar yaratiladi. Yangilangan sinfxonalar, zamonaviy infratuzilma va qulay ta’lim muhiti o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Yaratilayotgan bunday sharoitlar yosh avlodning sifatli ta’lim olishi, o‘z qobiliyatini to‘la namoyon etishi va kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishiga mustahkam zamin yaratadi.









