Yoshlar bayramida bir guruh faollar taqdirlandi
2026-06-30 21:00:00 / Yangiliklar
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz yoshlari bilan uchrashuvi o‘tkazildi. Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan, shu jumladan Qoraqalpog‘istondan videoaloqa orqali yoshlar ishtirok etdi.

Yoshlar bayramida bir guruh faollar taqdirlandi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz yoshlari bilan uchrashuvi o‘tkazildi. Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan, shu jumladan Qoraqalpog‘istondan videoaloqa orqali yoshlar ishtirok etdi.
O‘tkazilgan uchrashuv oldidan dastlab fan, texnologiya, madaniyat, san’at, sport, tadbirkorlik va boshqa sohalarda tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev so‘zga chiqib, muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan alohida e’tibor va ko‘rsatilayotgan otalarcha g‘amxo‘rlik haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi Prezidiumi qarori bilan bir guruh faol yoshlarga "Umid uchquni" ko‘krak nishonlari topshirildi.







