BIR YILDA NUKUSDA "TASHABBUSLI BYUDJET" BO‘YICHA 25 TA LOYIHA G‘OLIB BO‘LDI.
2026-06-29 16:25:00 / Yangiliklar

BIR YILDA NUKUSDA "TASHABBUSLI BYUDJET" BO‘YICHA 25 TA LOYIHA G‘OLIB BO‘LDI.
Qo‘yadigan mavzung ham so‘zingda oddiy, ammo, ichidagi voqealar qudratli bo‘lsa ana shunda material xalqchil bo‘ladi!
Muhtaram Prezidentimizning farmoyishi asosida, mamlakatimizda "Tashabbusli byudjet" platformasi ochiqlik va shaffoflik siyosati bilan xalqchil muloqot joriy etildi. Bunda nukusliklar o‘z hududining qulayligi, go‘zalligi, farzandlar kelajagi, vatanimiz obodligi uchun faol bo‘ladi.Shuni ham aytishimiz kerakki, davlatimiz "Tashabbusli byudjet" asosidagi amaliy ishlar bilan cheklanib qolgani yo‘q.Birgina Nukus shahrida bir yil ichida 12000 xonadonning tomlari shiferlab berildi. Bir xo‘jalikda to‘rt kishi yashaydi deb o‘rtacha hisob bilan olganda 4800 kishining xavfsizligi ta’minlangani masshtabda bir mahalla degani!
Kambag‘allikdan chiqarish bilan shiferlashning qanday aloqasi bor?
Bu degani shiferlashga sarflanadigan mablag‘ xonadonning o‘zida qolishi.
Nukus shahrida kam ta’minlangan oilalarga shu yilning o‘zida 11 uy butunlay yangidan qurib berilmoqda.
Mamlakat aholisi turmushini yaxshilashda ichimlik suvi, tabiiy gaz quvurlari, elektr tarmoqlari kabellari, transformatorlar yangisiga almashtirildi.
Shu bilan bir qatorda "Yangi avlod" mahallasi butunlay yangicha qiyofaga, yangilangan ko‘rinishga aylantirilib, odamlarning roziligiga erishilmoqda.
Bugun, shahrimizdagi "Obod makon" hududidagi ichki ko‘chalarga "Tashabbusli byudjet" asosida 2 km dan ortiq yo‘llarga asfalt yotqizilmoqda.
Hudud aholisi tashabbusni boshiga "balo" deb qaramay, ko‘tarinki ruhda hamjihatlik bilan ovoz yig‘ib olganining guvohi bo‘ldik.
Ko‘cha aholisining yuqori kayfiyatda yashashining sababi, totuvlik ekan.





