Hali ular jahon chempioni bo‘ladi
2026-06-25 17:00:00 / Yangiliklar

Hali ular jahon chempioni bo‘ladi
Eslatib o‘tamiz, "Besh tashabbus olimpiadasi" mahallalar o‘rtasida 2022 yildan boshlab o‘tkaziladi.
"Yoshlar ishlari agentligi" shahar bo‘limining ma’lum qilishicha, joriy yilda poytaxtimiz mahallalaridan 100 mingdan ziyod yoshlar olimpiadada ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan. Bu ko‘rsatkichlar yoshlar o‘rtasida olimpiada musobaqalari nufuzi oshganini anglatadi.
G‘oliblarni taqdirlash uchun Nukus shahar prokurori R.Bauaddinov, shahar "Yoshlar ishlari agentligi" bo‘lim boshlig‘i M.Abdiramanov, Kurash federatsiyasi ijrochi direktori S.Jusupbekov ishtirok etdi.
Bunday musobaqalar bizga nafaqat kuchlilarni aniqlash, balki yoshlarda ijtimoiy ruh, o‘z mahallasi va eliga bo‘lgan mehr-muhabbatni shakllantirishga xizmat qiladi.Ishonamizki, poytaxtimizdan hali ko‘plab jahon va olimpiada chempionlari yetishib chiqishida "Besh tashabbus olimpiadasi" birinchi qadam bo‘lib xizmat qiladi.






