Bugun, poytaxtimizdagi "Kurash sport turiga ixtisoslashtirilgan" sport zalida "Besh tashabbus olimpiadasi" Nukus shahri mahallalaridagi yoshlar o‘rtasida sportning "Kurash" turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tmoqda.
2026-06-24 15:00:00 / Yangiliklar
"Besh tashabbus olimpiadasi" 26 ta loyihani o‘z ichiga oladi. Loyihalarning 13 tasi tanlov bo‘lsa, 13 tasi sport musobaqasi hisoblanadi. O‘zbekistonda yashovchi 14-30 yoshdagi barcha yoshlar ushbu musobaqalarda ishtirok etishi mumkin. O‘tgan yili ham olimpiada beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazildi.

Bugun, poytaxtimizdagi "Kurash sport turiga ixtisoslashtirilgan" sport zalida "Besh tashabbus olimpiadasi" Nukus shahri mahallalaridagi yoshlar o‘rtasida sportning "Kurash" turi bo‘yicha musobaqa
bo‘lib o‘tmoqda.
Yaqin soatlar ichida g‘oliblar aniqlanadi.
"Besh tashabbus olimpiadasi" 26 ta loyihani o‘z ichiga oladi. Loyihalarning 13 tasi tanlov bo‘lsa, 13 tasi sport musobaqasi hisoblanadi. O‘zbekistonda yashovchi 14-30 yoshdagi barcha yoshlar ushbu musobaqalarda ishtirok etishi mumkin. O‘tgan yili ham olimpiada beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazildi.
Birinchisi, mahallalar darajasida. Unda mahallalarda yashaydigan yoshlar uchun sport musobaqalari tashkil etilib, ularning jismoniy faolligini oshirish asosiy maqsad edi. Ikkinchisi, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilib, talabalar uchun maxsus sport dasturlari ishlab chiqildi. Uchinchisi, professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun musobaqalar.Bunda ham kasb-hunar maktablari va texnikumlar o‘quvchilari o‘rtasida sportni ommalashtirishga alohida e’tibor qaratiladi. To‘rtinchisi, maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilib, bunda bolalarni yoshligidan sport bilan shug‘ullanishga rag‘batlantirish, maktablarda sport mashg‘ulotlarini kengaytirish asosiy maqsad qilib olingan.






