🔥 NUKUSLIK QIZ RESPUBLIKADA TENGSIZ!
2026-06-16 12:20:00 / Yangiliklar

🔥 NUKUSLIK QIZ RESPUBLIKADA TENGSIZ!
Ura, navbatdagi oltin medal va yuksak g‘alaba! 👏👏👏
"Yangi O‘zbekistonning ayollar olimpiadasi" sport musobaqasining Respublika bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi munosib ishtirok etib, yurtimiz sharafini yuqori ko‘tardi.
Eng quvonarlisi, "Stol tennisi" sport turi bo‘yicha hamyurtimiz shahrimizdagi "Samanbay" mahallasi fuqarosi G. Jalgasbayeva barcha raqiblarini ortda qoldirib, faxrli 1-o‘rinni egalladi.
"Ayol sport bilan go‘zal, ayol sport bilan kuchli!" Gulxan o‘zining matonati, chaqqonligi va g‘alabaga bo‘lgan yuksak intilishi bilan qoraqalpog‘istonlik ayollarning qanday kuchga ega ekanligini yana bir bor isbotladi.
Biz Gulxan va uning ustozlarini, shuningdek, butun Qoraqalpog‘iston ahlini ushbu ulkan g‘alaba bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Siz bizning faxrimizsiz!


