Bugungi kunning dolzarb mavzusi fuqarolarni rozi qilish
2026-06-18 15:00:00 / Yangiliklar

Bugungi kunning dolzarb mavzusi fuqarolarni rozi qilish
(180 nafar xotin-qizni bir joyga jamlagan tadbir)
Nukus shahar hokimligi, shahar prokuraturasi va shahar Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida "Ayollar daftari"ga kiritilgan hamda himoya orderiga ega bo‘lgan xotin-qizlarning muammolarini hal etishga qaratilgan tadbir tashkil etildi.
Muammoli murojaatlarning oldini olish maqsadida, ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni jismoniy-psixologik, tibbiy sog‘lomlashtirishga e’tibor qaratildi.
Bunday imkoniyatlar og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan ayollarda davlatga, adolatga va kelajakka bo‘lgan ishonchni uyg‘otadi. Ular o‘zlarini jamiyatda yolg‘iz emasliklarini, davlat va qonun himoyasida ekanliklarini his etadilar.
Shuni ham aytib o‘tishimiz kerak,
Birinchi navbatdagi 80 nafar xotin-qiz uch oy davomida jismoniy sog‘lomlashtirishga bepul yo‘llanma oldi.






