"Prezidentga rahmat aytaver, kelin!"
2026-06-19 13:00:00 / Yangiliklar

19.06.2026 yil, Nukus shahri hokimligi Matbuot xizmati
"Prezidentga rahmat aytaver, kelin!" yoxud Nukusda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi qanday natija bermoqda?
Nukus shahri hokimligi tomonidan soʻnggi uch yillikdagi murojaatlar dinamikasi tahlil qilinganda, fuqarolardan kelib tushayotgan arizalar soni oʻtgan va joriy yilda sezilarli darajada kamaygani maʼlum boʻldi.
Xoʻsh, bu nimadan dalolat beradi? Bu, avvalo, Prezidentimiz topshirigʻi bilan xalq murojaatlarini uzluksiz eshitish va ularga ijobiy yechim topishga qaratilgan adolatli tizimning amalda oʻz mevasini berayotganini koʻrsatadi.
Raqamlar va faktlar soʻzlaganda Alohida taʼkidlash kerakki, joriy 2026-yilning may oyi yakunlariga koʻra, Nukus shahri hokimligi murojaatlarni ijobiy hal etish darajasi boʻyicha respublikamizdagi 208 ta shahar va tumanlarni ortda qoldirib, 66,26% koʻrsatkich (1828 ta murojaat ijobiy hal etilgan) bilan Oʻzbekistonda birinchi oʻringa chiqdi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida esa ketma-ket uch oy davomida birinchilikni qoʻldan boy bermay kelmoqda.
Oʻtgan uch yil ichida bajarilgan amaliy ishlar qatorida birgina misol: 1690 ta xonadonning tom qismi shiferlab berildi. Faxr bilan shuni ham qoʻshimcha qilish joizki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi A.Orinbayevga yoʻllangan murojaatlarni manzilli hal etish doirasida, davlatimiz tomonidan ijtimoiy koʻmakka muhtoj fuqarolarga birgina Nukus shahrining oʻzida 11 ta yangi uy qayta qurib berilmoqda. Biz haqiqatan ham ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanadigan, farovon hayot qurish jarayonlari qaynayotgan davlatda yashamoqdamiz.
Bugungi kun murojaatlari mazmuni qanday? Unda nega shahar hokimligiga haligacha murojaat qiluvchilar bor, degan savol tugʻilishi tabiiy. Bugungi kunda kelib tushayotgan murojaatlarning asosiy qismi quyidagi masalalarni oʻz ichiga oladi.Fuqarolar sogʻligʻini tiklashga koʻmaklashish, aliment undirish masalalari,qoʻshnilar oʻrtasidagi yer nizolari, ijtimoiy yordam pullari ajratish.
Shu oʻrinda bir muhim jihatni tushuntirib oʻtish lozim. Koʻpchilik fuqarolarimiz ijtimoiy yordamlarbyurokratik toʻsiqlarsiz, inson omilisiz ishlaydigan milliy raqamli tizim orqali ajratilishini hali toʻliq anglab yetmayapti. Endilikda kimningdir yaqini yoki "tanishi borning choʻpi oshadi" degan gaplar oʻrinsiz. Sizning yordam puli soʻrab qilgan murojaatingiz tizimga kiritiladi va qonuniy mezonlar asosida tizimning oʻzi avtomatik ravishda qaror qabul qiladi. Bugun ham shahar hokimining oʻrinbosarlari M.Kannazarov, Z.Davletnazarova hamda G.Davletmuratovlar tomonidan fuqarolar qabuli oʻtkazildi. Unda kadastr, uy-joy bilan taʼminlash va ijtimoiy yordam masalalari koʻrib chiqildi.
Murojaatlarni joyiga chiqib, manzilli oʻrganish davomida aniq boʻlmoqdaki, uy-joy taʼmirlash yoki qurib berishni soʻrayotganlarning asosiy qismi soʻnggi ikki-uch yil ichida qishloqlardan Nukusga koʻchib kelgan yosh oilalardir.
Shu oʻrinda haqli bir savol tugʻiladi: Davlat yordam berishi kerak, deb oʻn ikki muchasi sogʻ boʻla turib, "kambagʻallik kiyimini kiyib olish" qanchalik toʻgʻri? Axir Nukusda tadbirkorlik qilaman deganga ham, halol mehnat qilib roʻzgʻor tebrataman deganga ham barcha imkoniyatlar yetarli-ku! Har bir hududdagi hokim yordamchilari tayyor biznes-rejalar bilan imtiyozli kreditlar olishda yaqindan koʻmak bermoqda.
Xulosa oʻrnida bir hayotiy misol, kuni kecha "Nurli boʻston" MFYda oʻtkazilgan manzilli oʻrganishlar davomida bir voqea eʼtiborimizni tortdi. Hozirgi vaqtda davlat tomonidan yangi uy qurib berilayotgan fuqaro G.D. bilan suhbatlashib turganimizda, shu qurilishda ishlayotgan kegaylilik oddiy ishchi – Murat aka xonadon egasiga qarab shunday dedi:
— Prezidentga rahmat aytaver, kelin. U inson boʻlmaganda bu joy senga qayda edi?
Oddiy bir quruvchining davlatimiz tomonidan xalqqa koʻrsatilayotgan eʼtiborni shunchalik teran anglab, yurakdan aytgan bu soʻzlari har qanday statistika va raqamlardan koʻra kuchliroqdir. Bu bizning chinakam ijtimoiy yurtda yashayotganimizning eng hayotiy guvohligidir!
Elmira Sagalatdinova







