"Tashabbusli byudjet" Nukus shahri hududlarini obod manzilga aylantirmoqda
2026-06-17 11:20:00 / Yangiliklar

"Tashabbusli byudjet" Nukus shahri hududlarini obod manzilga aylantirmoqda
Do‘stlik binosi,
Doimo tursin omon
Ibroyim Yusupov
Bir necha yillar ilgari qo‘ni-qo‘shnilar har kimning uyi oldida yoki soya-salqin, yoki shamoldan izg‘irin, salqin joyda suhbatlashardi. U o‘tgan kunlar o‘sha davrdagi o‘zimizga xos yashash turmush tarzimiz bo‘ldi. Yaqin o‘n yillikda ko‘cha boshida o‘tirganlarni "Havoning direktorlari" deb, sirli suhbat qilib yurganmiz...
Lekin, jamiyatga bunday odamlar ham kerakligini keyin-keyin tushunib boryapmiz. O‘y deganim , hududda ko‘chaga kim kirib-chiqayotganini ko‘rib-bilib, o‘tgan-ketganni kuzatib, bor-yo‘qni tekshirib xabardor bo‘ladigan ko‘cha faollariga bugun ham muhtojmiz desak ham adashmaymiz.
Ilgari "Esmeralda" serialini tomosha qilib o‘tirganida uyini "ko‘tarib" ketibdi degan gaplarni ham eshitardik.
Hamma telegram, vatsap guruhlarda butun hududning yangiliklarini shu yerda yozadi, yoshi kattalar yoza olmasa "golosovoy"dan xabarlarini yuboradi.Ko‘cha jimjit...
Bugun yurtimizda "Tashabbusli byudjet"dan hududlarning chiroyli tus olishiga maqsadli mablag‘lar ajratilib, xalqimizning faolligi tufayli o‘zi yashaydigan joylarning obodonlashishiga, yangi binolarning ishga tushgani esa xalqimiz farovonligiga xizmat qilmoqda. Bu juda yaxshi!
Shahrimizdagi "Qizil qum" va "Isbilermenler aymag'i" MFYlarida joriy yilda ham keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Hududni o‘rganishlardan so‘ng fuqarolarning fikr-mulohazalari tinglanib, "Tashabbusli byudjet" ko‘magida mazmunli dam olish maskanlari yaratilmoqda.
Hududdagi yoshi ulug‘larning aytishicha, bu ajoyib maskanga aylanib borayotgan maskanlarda madaniy hordiq chiqarib, "oyoqni yozib," bir muddat shamollab, qo‘ni-qo‘shnilar bilan suhbatlashib o‘tirishga imkoniyat yaratilgani ko‘pchilikning kayfiyatini ko‘tarishga yaxshi ish bo‘lganini chin dildan bildirmoqda.






