Milliy g'ururimiz jahon sahnasida va Markaziy Osiyo birdamligi! 🇺🇿⚽️
2026-06-15 09:00:00 / Yangiliklar

Nukus shahri hokimligi Matbuot xizmati
Milliy g'ururimiz jahon sahnasida va Markaziy Osiyo birdamligi! 🇺🇿⚽️
O‘zbekiston degan tilingdan aylanay!
Nihoyat, uzoq kutilgan buyuk kunlar keldi! Milliy terma jamoamiz AQSh, Meksika va Kanada yashil maydonlarida o‘tayotgan Jahon chempionatida Vatanimiz sha'nini himoya qiladi. Butun mamlakatimiz nigohi va qalbi vakillarimiz bilan birga!
Eng quvonarlisi va faxrlisi, Jahon chempionatining dunyoni mahliyo etgan (fantastik) ochilish marosimida yangragan qo‘shiqda, er yuzidagi eng ulug' davlatlar qatorida «O‘ZBEKISTON» nomi baralla jarangladi! Qalblarimizni titratgan, har bir yurtdoshimizning ko‘ziga quvonch yoshlarini keltirgan, o‘zbek farzandi uchun cheksiz g'urur va so‘nmas iftixor bag'ishlovchi tarixiy lahzadir!
E’tiborlisi va qalbni tog'dek ko‘taradigani shundaki, bugun O‘zbekistonning Jahon chempionatidagi ushbu tarixiy yurishi va g'alabasini faqatgina o‘zbekistonliklar emas, balki bizga qondosh va qo‘shni bo‘lgan Qozog'iston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg'iziston xalqlari ham cheksiz hayajon, ulkan faxr bilan kutishmoqda! Ijtimoiy tarmoqlardagi turli millat vakillari va qo‘shni davlatlar aholisi tomonidan yozilayotgan minglab samimiy sharhlar va tilaklar buning yaqqol isbotidir. Bugun O‘zbekston nafaqat o‘z yurti, balki butun Markaziy Osiyo sha'ni va g'ururi uchun maydonga tushadi!
📅 Milliy terma jamoamizning “K” guruhidagi uchrashuvlari taqvimi (Toshkent vaqti bilan):
⚽️ 1-tur:O‘zbekiston — Kolumbiya
📍 Mexiko, “Atsteka” stadioni | 18 iyun, soat 07:00
⚽️ 2-tur:Portugaliya — O‘zbekiston
📍 Xyuston, «NRG» stadioni | 23 iyun, soat 22:00
⚽️ 3-tur:Kongo DR — O‘zbekiston
📍 Atlanta, “Mercedes-Benz Stadium” stadioni | 28 iyun, soat 04:30
Bu hal qiluvchi bahslarda maydonda bor kuchini beradigan yigitlarimizga kuch-quvvat, matonat va ulkan zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz! Yigitlarga omad yor bo‘lsin!
Dunyo tan olayotgan va qalblarni birlashtirayotgan futbol bayramini o‘tkazib yubormang! O‘z qahramonlarimizni butun Markaziy Osiyo bilan birgalikda qo‘llab-quvvatlaylik! Futbol tomosha qiling!
Elmira Sagalatdinova
