"Davlat xavfsizlik xizmati kubogi"
2026-06-11 20:00:00 / Yangiliklar

Bugun, Nukus shahri Do‘stlik kanali bo‘yidagi yoshlar maydonchasida "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" o‘yinlarining Nukus shahar bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimi A.Daniyarov so‘zga chiqib yig‘ilganlarni sport o‘yinlaridagi g‘alabasi bilan tabrikladi. Shuningdek, ularga respublika bosqichidagi sport musobaqalarida omad tiladi. Tadbirda Nukus shahar prokurori R.Bauaddinov, shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i M.Xojamuratov, shahar Davlat soliq inspeksiyasi rahbari A.Seitovlar ishtirok etib, yoshlarni tabrikladi.
Shuni ham aytishimiz kerakki, "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" Nukus shahar bosqichining yakunlanish tantanasining futbol 2026-yilgi Jahon chempionatiga rasmiy start berilishi kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Albatta bu quvonchli holat. 18-iyun kuni yurtdoshlarimiz uchun tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan ilk uchrashuv Kolumbiya terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Xo‘sh, bugungi musobaqada kimlar g‘olib bo‘ldi? Musobaqada jami 71 ta MFYdan erkaklar orasidan 71 ta jamoa hamda qizlar orasidan 71 ta jamoa ishtirok etdi.
"Futbol" bo‘yicha:
-
1-o‘rinni Nukus shahri "To‘ng‘ich qo‘nis" mahalla jamoasi,
-
2-o‘rinni "Qo‘sbulog‘" mahalla jamoasi,
-
3-o‘rinni "Sharq" mahalla jamoalari g‘olib bo‘ldi.
Erkaklar o‘rtasida "Mini futbol"da:
-
1-o‘rinni "Ota makon" MFY,
-
2-o‘rinni "Navro‘z" mahalla jamoasi,
-
3-o‘rinni "Jayxun" mahalla jamoalari qo‘lga kiritdi.
Sportning "Mini futbol" turidan ayollar o‘rtasida:
-
1-o‘rinni "Anasoy" mahallasi,
-
2-o‘rinni "Olmazor" mahallasi,
-
3-o‘rinni "Botanika bog‘i" mahalla jamoalari g‘olib bo‘ldi.
G‘olib jamoalarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Taqdirlash marosimi konsert dasturi bilan yakunlandi.









