Prezidentimizning tabrik so‘zlarini o‘qib eshittirdim, bu men uchun yuksak sharaf
2026-06-05 11:00:00 / Yangiliklar

«Samarqandda o‘z ishini boshlagan Global ekologik jamg'armaning 8-Assambleyasi ishtirokchilariga Prezidentimizning tabrik so‘zlarini o‘qib eshittirdim, bu men uchun yuksak sharaf
Forum Markaziy Osiyo va butun dunyo uchun hozirgi kunda eng dolzarb bo‘lgan masala — iqlim muammolarini muhokama qilish imkonini berdi. Shuningdek, O‘zbekistonning global ekologik kun tartibidagi nufuzi oshib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.
Assambleya doirasida “Eco Expo Central Asia-2026” ko‘rgazmasi tashkil etilib, uning maydonida “yashil” loyihalar uchun 80 mln dollar miqdoridagi grantlar hamda 520 mln dollardan ziyod investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi. Endi asosiy vazifa tabiatni asrab-avaylash yo‘lidagi ushbu tashabbuslarni amaliyotga izchil tatbiq etishdan iborat. Ayni vaqtda ikkala tadbirda dunyoning 180 ta mamlakatidan jami 8 yarim mingdan ortiq mutaxassis ishtirok etmoqda», – dedi Saida Mirziyoeva o‘z telegram kanalida.



