O‘rnakli oilalar rag‘batlantirildi
2026-05-16 10:00:00 / Yangiliklar

Do‘stlik, baxt, erk quyoshi,
Turar mangu nurin sochib,
Ichi kuygan tuz yalasin!
Umrimiz bir bog‘u bo‘ston,
Sog‘ bo‘l, onam O‘zbekiston!
Ibroyim Yusupov
O‘rnakli oilalar rag‘batlantirildi
Nukus shahar hokimligida «Xalqaro oila kuni»ga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda shahar hokimining o‘rinbosarlari M.Kannazarov, J.Otejanov va "Oila va xotin-qizlar bo‘limi" boshlig‘i Zulfiya Davletnazarovalar yig‘ilganlarni bayram bilan qutladi.
Dunyo mamlakatlarida har yili 15-may kuni Xalqaro oila kuni keng turda nishonlanadi.
1993-yil 20-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 1994-yildan boshlab 15-mayni «Xalqaro oila kuni» deb belgilash haqidagi rezolyutsiyasi qabul qilingan.
Oila — har birimiz uchun muqaddas hisoblangan vatan ichidagi kichik vatandir. Chunki biz oilada eng dastlabki tushunchalarni shakllantiramiz, bilim va tarbiya olamiz, oila a’zolarimizga, atrofiymizdagilarga bo‘lgan munosabatni shakllantiramiz. Xalqimizda “Mustahkam oila – jamiyat tayanchi”, “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” degan teran ma’noli so‘zlar bejiz aytilmagan.
Shu boisdan ham, so‘nggi yillarda yurtimizda Prezidentimiz rahbarligida oilaning jamiyat hayotida tutgan o‘rnini bundan buyon ham ortirish, uni sotsial, iqtisodiy va ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida ona Vatanga sadoqat, oilaga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish, oilalarda o‘zaro ahillik, tinchlik, totuvlik va mehr-oqibat muhitini yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ayniqsa, o‘tgan qisqa vaqt ichida bu borada bir qator farmon va qarorlarning qabul qilingani, yosh oilalarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, mahallalarda uyma-uy yurib, oilalarning sharoitini o‘rganish, ularni o‘ylantirib kelayotgan masalalarga tezkor yechim topish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, oilalarning turmush sharoitini yanada yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirishga katta e’tibor qaratilmoqda. “Ibratli oila” ko‘krak nishoni, shuningdek, “O‘rnakli oila” tanlovining tashkil etilgani so‘zimizga yorqin misol bo‘la oladi.
Tadbir yakunida bir qator oila sohiblariga “Ibratli oila” ko‘krak nishoni topshirildi.
-
«Qutli qonis» mahallasidan Asamatdinovlar oilasi (I.Asamatdinov, A.Ermekbayeva);
-
«Sarbinaz» mahallasidan Uteshovlar oilasi (A.Uteshov, T.Juginisova);
-
«Bereket» mahallasidan Aybergenovlar oilasi (R.Aybergenov, D.To‘remuratova);
-
«Gulzar» mahallasidan Qurbanbayevlar oilasi (O‘.Qurbanbayev, K.Jaqayeva);
-
«Shig‘is» mahallasidan Abdiyevlar oilasi (A.Abdiyev, Z.Abdikadirova);
-
«Bag‘shiliq» mahallasidan Allaniyazovlar oilasi (A.Allaniyazov, M.Qudaybergenova);
-
«Juwazshi» mahallasidan Seytnazarovlar oilasi (B.Seytnazarov, D.Palvanova);
-
«Qum awil» mahallasidan Utemuratovlar oilasi (M.Utemuratov, J.Arziyeva);
-
«Nawqan bag‘» mahallasidan Tleuovlar oilasi (N.Tleuov, R.Xojamuratova);
-
«Jolshilar» mahallasidan Qidirbayevlar oilasi (O.Qidirbayev, G.Seyilbekova).





