RASMIY MUNOSABAT
2026-04-25 17:00:00 / Rasmiy munosabat

RASMIY MUNOSABAT
Nukus shahar hokimligi va soha mutaxassislari tomonidan shahardagi mavjud ichki yo‘llarning holati doimiy ravishda xatlovdan o‘tkazib borilmoqda. Ijtimoiy tarmoqda murojaatda "Taslaq" MFY hududidagi Bozatao‘ ko‘chasining holati ishchi guruhi tomonidan alohida o‘rganildi.
Ushbu ko‘chani asfaltlash va zarur infratuzilmani yaratish maqsadida, mazkur hududda istiqomat qiluvchi aholi va mahalla faollari bilan kelishilgan holda, loyihani "Tashabbusli byudjet" (Open Budget) jarayoniga kiritish taklif etamiz. Ko‘chani asfaltlash uchun zarur bo‘lgan mablag‘ni shakllantirishda hudud aholisini ovoz berish jarayonida faol ishtirok etishga chaqiramiz. Bu o‘z navbatida, mahallaning ichki yo‘llarini jamoatchilik nazorati ostida sifatli ta’mirlash imkonini beradi.
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda, shahrimiz obodligiga befarq bo‘lmagan fuqarolarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
