YANGILIKLAR
2026-04-23 11:00:00 / Yangiliklar

Xaliq uchun yetti o‘lchab, bir kes
Avval xabar berganimizdek, Muhtaram Prezidentimizning topshiriqlariga asosan, «Zarbdor» tajribasi doirasida shahrimizdagi «Do‘stlik» va «Ornak» MFYlari hududidan o‘tuvchi To‘rtko‘l guzari ko‘chasining 1,2 km qismida aholining madaniy hordiq chiqarishi uchun zamonaviy xiyobon tashkil etish tashabbusi ilgari surilgan edi.
Ayni paytda shahar hokimi A.Daniyarov ushbu loyihaning muhandislik-kommunal masalalarini bevosita joyida o‘rganmoqda.
Tashabbusning puxta amalga oshirilishi va uzoq yillar davomida xalqimizga xizmat qilishini ta’minlash maqsadida, mas’ul rahbarlar bilan birgalikda istiqboldagi rejalar muhokama qilinib, qurilish hududi bosqichma-bosqich ko‘zdan kechirilmoqda.





