"Keyin qilamiz" emas, aynan hozir va shu yerda natija ko‘rsatish
2026-04-04 17:00:00 / Yangiliklar
Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan "Zarbdor" tajribasi asosida shahar markazidagi "Do‘stlik" mahallasi yaqin kunlarda qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tubdan yangilanadi.

04.04.2026 yil. Nukus shahar hokimligi Matbuot xizmati
"Keyin qilamiz" emas, aynan hozir va shu yerda natija ko‘rsatish
Nukus shahrida aholi turmushini yaxshilashga qaratilgan yana bir yirik ishlar boshlanmoqda.
Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan "Zarbdor" tajribasi asosida shahar markazidagi "Do‘stlik" mahallasi yaqin kunlarda qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tubdan yangilanadi.
Asosiy maqsadlardan biri yillar davomida yig‘ilib qolgan muammolarni tezda hal qilish va odamlar uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan.
Shu munosabat bilan Nukus shahar hokimi A.Daniyarov jurnalistlar va blogerlar uchun taqdimot o‘tkazib, rejalashtirilgan ishlar va asosiy yo‘nalishlar haqida ma’lumot berildi.
Taqdimotda ta’kidlanganidek, mahalla hududida 1,2 kilometr uzunlikdagi zamonaviy sayrgoh barpo etiladi. Ushbu maskan aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun xizmat qilishi bilan birga, dunyoga mashhur I.V. Savitskiy nomidagi san’at muzeyi bilan bog‘lanadi. Bu esa shaharning madaniy jozibadorligini yanada oshirishi shubhasiz.
Shuningdek, "Xalqlar do‘stligi'' mahallasida qurilishi jadal davom etayotgan "24/7'' ko‘chasi bilan tutashadi. Natijada poytaxtimizda yaxlit, zanjirsimon bog‘langan keng ko‘lamli sayr va dam olish tizimi vujudga keladi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Farxod Ermanov ishtirok etib, jarayonlarga ijobiy baho berib, o‘zining iliq fikrlarini bildirdi.

Ko‘rgazmali tanishtiruvda jurnalistlar hamma savollariga javob oldi. Barcha ishlar ochiq va shaffof tarzda olib borilishi qayd etildi.